Yurtimizda aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchilligini ta’minlash, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda pensiya va nafaqalar miqdorlari rasman belgilangan eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lmasligini ta’minlash maqsadida 28.07.2023-yil O’zbekiston Respublikasi Prezidentning “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-120-son Farmoni qabul qilindi.
Farmonga asosan 2023-yil 1 avgustdan boshlab
Zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa;
Ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band boʻlgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori,
– oyiga 568 ming soʻmni tashkil etadi.
Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 568 ming soʻm etib belgilanib, keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya toʻlanadi.
Boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 568 ming soʻm va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun – 198 ming soʻm etib belgilanadi.
Uchquduq tuman Adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti
Shodiyeva Nafisa Minboy qizi.