Murojaatnomani o‘qir ekanman, shu jamiyatning mas’ul farzandi sifatida o‘zimda kelajakka ishonch, ozgacha kuch va yangi loyihalar uchun ajoyib motivatsiya oldim, shu bilan bir qatorda ulkan mas’uliyatni ham his etdim.
Jamiyatda shukronalik darajasi tarbiya tizimiga, ma’naviy, ahloqiy tamiyillar barqarorligiga, ahloqiy birdamlik turmush tarzi yaxlitligiga ko‘p jihatlarga ko‘ra bog‘liqdir. Bugun dunyoda bo‘layotgan notinchliklar, iqtisodiy-siyosiy nizolar, noinsoniy xunrezliklar va millatlararo kelishmovchiliklarni yoki ba’zi mantaqalardagi xalqlarni bir burda nonga zor bo‘layotganlarini ko‘rib har bir inson O‘zbekistondagi tinch-osuda farovon hayot va to‘kin dasturxonimiz uchun Alloh taologa cheksiz shukrlar aytishimiz lozim bo‘ladi.
Shuningdek, O‘zbekiston xalqiga qilingan murojaatni mazmun mohiyatini bugun barchamiz hayotga tadbiq qilib, murojaatnomada ko‘rsatilgan fikr va mulohazalarga amal qilishimiz lozim deb o‘ylayman. Qachonki yoshlar tarbiyasiga ota-onalar, mahalla, keng jamoatchilik ozini mas’ul deb qarasa, har bir ziyoli ularni oz bilimi bilan, yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlar, jannatmakon yurtimizdagi ijobiy ozgarishlar haqida va biz qanday insonlarning vorislari ekanligimizni ular ongiga singdirsa, yoshlarni vatanni sevish va vatanparvar bolish singari tuygularni ular yuragiga jo qila olsa, oylaymanki yoshlarimiz vataniga sodiq, uni kelajagi uchun ozini mas’uliyatini his qila oladi.
Bu borada eskirgan, zerikarli va samarasiz usullardan voz kechib, har bir uchrashuv va muloqotni ta’sirchan, no’ananaviy va aniq natijaga xizmat qiladigan yangicha usullar asosida o`tkazish eng muhim vazifalardan biri deb e’tirof etilgani ayni haqiqat.
Murojaatnomada keltirilga fikr mulohazalar o‘rinli o‘z vaqtida aytilgan, shu bois Mamlakatimizning kelajagi boʻlmish yoshlarimizni har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tarbiyalash masalasiga barchamiz mas’ul va javobgarmiz deb bilaman.
Novoiy viloyati Uchquduq tuman
ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi
bosh mutaxassisi K.Axmatova