LOTIN-КИРИЛЛ

“Temir daftar”dagilar qanday imtiyozlardan foydalanadi?

     “Temir daftar”dagilar qanday imtiyozlardan foydalanadi? Quyidagi ushbu masalaga oid savollarga javob berib oʻtiladi.

      1. “Temir daftar”ga kiritilgan oila aʼzolari ishga joylashtiriladi

“Temir daftar”dagi oilalarning ishsiz aʼzolari bandligini taʼminlash quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:

  • yangi ish oʻrinlariga ishga joylashtirish;
  • mavjud vakansiya va zaxira (kvota) ish oʻrinlariga ishga joylashtirish hamda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish;
  • qishloq xoʻjaligi boʻlimlari bilan birgalikda kooperativlarga jalb etish, gʻalladan boʻshagan yerlarda takroriy ekin ekish va oborotdan chiqib ketgan yerlarni oʻzlashtirish hisobiga bandlikni taʼminlash;
  • kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitishni tashkil etish, tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish, oʻzini oʻzi mustaqil ravishda band qilishni rivojlantirishga doir faoliyatni tashkil etish orqali bandlikka koʻmaklashish;
  • qurilish obyektlariga ishga joylashtirish.

    2. Tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanish uchun koʻmaklashiladi

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarda quyidagi yoʻnalishlarda koʻmaklashiladi:

  • yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish;
  • parranda, asalari, quyon, baliq va bedana boqishni yoʻlga qoʻyish;
  • “Tomorqa xizmati” tashkilotlari va “Dala doʻkonlari”ni tashkil etish.

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga dehqonchilik bilan shugʻullanish uchun yangi oʻzlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan yer maydonlarida 0,1 gektardan 1 gektargacha yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov asosida ijaraga berish, ajratilgan yer maydonlarini sugʻorish tizimi (artezian quduqlar, tomchilatib sugʻorish tizimi va boshqalar) va elektr energiyasi bilan taʼminlash, berilgan yerlarni oʻzlashtirish uchun (yer haydash, urugʻ, koʻchat xarid qilish va boshqalar) subsidiya ajratish ishlari amalga oshiriladi.

     3. Tadbirkorlikka jalb qilinadi

Oilaviy tadbirkorlik dasturlari orqali quyidagi xizmatlar koʻrsatiladi:

  • biznes loyihalarni hududlarning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda tuzishni oʻrgatish;
  • oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kredit olishga koʻmaklashish;
  • kredit ajratilgandan soʻng kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar tadbirkorligini rivojlantirishni doimiy qoʻllab-quvvatlash.

Kreditlar “Temir daftar”ga kiritilgan va tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan fuqarolarning tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.

     4. Moddiy yordam koʻrsatiladi

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatlar asosida bir martalik moddiy yordam berilishi mumkin.

Bir martalik moddiy yordamni toʻlash uchun oilalarning ehtiyojmandlik darajasidan kelib chiqib (har bir fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport seriyasi va raqami koʻrsatilgan holda) bir martalik moddiy yordam berish miqdorlari koʻrsatilgan roʻyxat tuman (shahar) hokimligiga taqdim etiladi.

Tasdiqlangan bir martalik moddiy yordam toʻlovlari har oyning 5 — 27-kunlarida amalga oshiriladi.

Bir martalik moddiy yordam ajratish kalendar yil davomida bir marta amalga oshiriladi.

     5. Tibbiy xizmat koʻrsatiladi

Kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga tibbiy xizmat koʻrsatish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • tibbiy yordamga muhtoj oilalar boshqaruv ofisi tomonidan tegishli tibbiyot xodimini jalb qilingan holda oʻrganiladi;
  • oʻrganish natijasi boʻyicha kasalligi aniqlangan va tibbiy yordamga muhtoj oila aʼzolari tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasiga yuboriladi;
  • tibbiy koʻrik natijasi yuzasidan koʻrsatma boʻyicha oila aʼzolari tuman (shahar) tibbiyot birlashmasida statsionar yoki ambulatoriya sharoitda davolanadi;
  • nogironlik belgilari aniq namoyon boʻlgan bemorlar belgilangan tartibda koʻrikdan oʻtish uchun Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalariga yuboriladi.

“Temir daftar” qanday shakllantiriladi?

“Temir daftar”ga quyidagi toifadagi oilalar kiritiladi:

  • kam taʼminlangan oila, deb eʼtirof etilgan oilalar;
  • ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan aʼzolari mavjud oilalar;
  • kam taʼminlangan yakka-yolgʻizlar va keksalar;
  • boquvchisini yoʻqotgan ehtiyojmand oilalar;
  • koʻp (4 va undan ortiq) farzandli moddiy koʻmakka muhtoj oilalar;
  • mehnatga layoqatli ishsiz aʼzolari mavjud ehtiyojmand oilalar;
  • tibbiy yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalar (surunkali yoki ogʻir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan va nogironlik guruhi belgilanmagan aʼzolari mavjud yetarli daromad manbaiga ega boʻlmagan oilalar);
  • noturar joylarda istiqomat qilayotgan, oʻzi yoki birgalikda yashovchi oila aʼzolarining nomida turar joy boʻlmagan ehtiyojmand oilalar.
O'qilgan: 449 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: