Virusli gepatit A kasalligi-ko’pincha jigarni shikastlovchi virus orqali yuzaga keladi. Kasallik 14 yoshgacha bo’lgan bolalarda yengil, 14 yoshdan katta bolalarda va homilador ayollarda og’ir kichadi. Bolalarda virusli gepatit A kasalligi asosan notoza qo’llardan, idish-tovoqlardan va o’yinchoqlardan yuqadi. Ushbu kasallik bolalar qo’lini yuvmasdan ovqatlanganida, qaynatilmagan suv ichishlari sababli kasallikka chalinishadi. Shu bilan birgalikda bolalar maktabgacha ta’lim muassasalarida maktablarda o’zaro muloqot jarayonida ham gepatit A kasalligini yuqtirib olishlari mumkin.
Gepatit A virusiga yoshidan qat’iy nazar faqat odamlar moyil b’ladi. Hayvonlar ushbu virusga moyil emas. Insonlarda ushbu kasallikdan sog’aygach, Gepatit A ga qarshi doimiy, umrbod immunitet paydo bo’ladi, ya’ni odam bu kasallikka ikkinchi marta chalinmaydi. Dunyoda yuqumli kasalliklarni nazorat qilish bo’yicha xalqaro tashkilotning ma’lumotlariga ko’ra, virusli gepatit A yiliga 1,4 million odamni kasallaydi. O’zbekiston Gepatit A o’rtacha tarqalgan hududlar doirasiga kiradi.
Virusli gepatit A ning yakuni bolalikda ijobiydir, kasallik asimptomatik (alomatlarsiz) tarzda o’tadi, hayot sifatiga ta’sir ko’rsatmaydi. O’smirlik davrda kasallik jiddiy shaklda o’tadi va kasallikdan so’ng qat’iy ravishda parhezga rioya qilish kerak.
Gepatit A ning virusi HAV (Hepatitis A virus) deb ham ataladi. Virus quruq va issiq sharoitlarga (60 °C) chidamli, sho’r va chuchuk suvda oylar davomida saqlanadi. Ultrabinafsha nurlanishi ostida 1 daqiqada, 121 °C issiqlikdagi avtoklavda 20 daqiqa davomida, xloramin yoki xlor preparatlari bilan ishlov berilganda 5-7 daqiqada nobud bo’ladi.
Virusli gepatit A kasalligining qanday belgilari bor?
Kasallining ilk davrida bemorda sariqlik alomatlari bo’lmaydi, lekin undan oldingi belgilar bo’ladi. Bu nafas yo;llarining yallig’lanishi, ich ketish, gripp va O’RVI (o’tkir resperator virusli infeksiyalar) xastaliklarinining alomatlaridir. Holsizlik, tez charchash, ishtaxasizlik, ko’ngil aynishi, qaid qilish, tana harorati ko’tarilishi, bo’g’imlarda og’riq, qorin o’ng qovurg’a osti soxasida og’irlik va discomfort, siydik rangi to’qlashishi, axlat rangi oqarishi.
Virusli gepatit A kasalligidan qanday himoyalanish kerak?
Sog’lom turmush tarziga rioya qilish. Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, ovqat tayyorlashda ovqatlanishdan oldin, jamoat joylarga va xojatxonaga borgandan so’ng qo’lni yaxshilab sovunli suvda yuvish. Oziq-ovqat maxsulotlarini tayyorlash va saqlash jarayonlarida sanitariya-epidemiologik qoidalarga rioya qilish. Meva va sabzavotlarni iste’mol qilishdan oldin oqar suvda yaxshilab yuvish va so’ngra qaynagan suvda yuvish. Yashash joy gigiyenasiga rioya qilish, xonalarni shamollatish va namli tozalov ishlarini olib borish kerak.
Yuqumli oshqozon ichak kasalliklaridan saqlaning.
Oshqozon ichak kasalligi ko’proq yilning issiq paytlarida uchraydi. Ular kasallik qo’zg’atuvchi mikroblar ta’sirida rivojlanadi. Mikroblar og’iz orqali tushib, ichak yo’lida ko’payadi va devorini yallig’lantiradi. Shuning uchun najasda shilliq modda va qon bo’lishi mumkin ba’zi mikroblar o’zidan toksin ya’ni zaxar ajratish xususiyatiga ega. Ushbu toksin qonga so’rilib, butun tanani zaxarlaydi.
Kasallikning yuqish yo’llari.
Kasallik asosan bemordan yuqadi. Mikroblar bemorning najasi, so’lagi, siydigi, qusug’i bilan tashqi muhitga ajralib chiqadi. Yuqumli oshqozon ichaklarining tarqalishida pashsha, suvarak va shu kabi boshqa hashoratlaning ham o’rni katta. Ular iflos joylarda tuxum qo’yib, ko’payib kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlarni o’ziga ilashtirib oladi hamda oziq-ovqat maxsulotlari, suv va idish-tovoqqa qo’nib, ularga mikroblarni tarqatadi.
Yuqumli oshqozon ichak kasalligi quyidagicha namoyon bo’ladi
Ichning odatdagidan ko’ra tez-tez va suyuq ketishi, ba’zi hollarda najasda qon bo’lishi, ko’ngil aynish, qusish, darmon qurishi.
Shifokor kelgunga qadar uy sharoyitida bemorga qanday yordam berish kerak
Bemorga odatdagidan ko’ra ko’proq suyuqlik ichirishga harakat qiling. Bemorga shifokor bilan maslaxatlashmasdan turib, turli xil dori vositalari, jumladan antibiotik berish mumkin emas. Ko’proq qaynatilgan suv ichish tavsiya etiladi. Xo’l mevalarni yaxshilab yuvib iste’mol qilish zarur. Yaxshi saqlanmagan va uzoq vaqt turib qolgan ovqatlarni yoki salatlarni iste’mol qilishdan cheklaning. Sovutgichlarni toza tutish, undagi maxsulotlarni o’z vaqtida iste’mol qilish, tez-tez yangilap turmoq darkor. Idish-tovoqlarni yuvgandan so’ng qaynagan suvga botirish yoki chayish kerak. Kasalxonaga borganda bemor yaqin kishingiz bo’lsada masofa saqlang.
Chaqaloqlarni ovqatlantirishda sun’iy ovqatlarni bolaga yetarli qilib tayyorlab bering hamda uzoq salamaslikka e’tibor qarating.
Atrof-muhit, xonadonlar va aholi umumiy foydalanadigan joylarni doimo ozoda bo’lishini ta’minlash kerak. Har birimizning sog’ligimiz yuqorida aytilgan qoidalarni qanday bajarishimizga bog’liq.
Agarda yuqorida aytib o’tilgan fikrlarga amal qilsangiz, o’tkir yuqumli oshqozon ichak kasalliklari va uning og’ir asoratlaridan yiroq bo’lasiz. Asosiysi esa oilangiz a’zolarning salomatligini mustahkamlashda o’z hissangizni qo’shasiz.