“Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida 2023-yilning Fevral oyi davomida Uchquduq tumanidagi 10 ta korxonalarning muammolari batafsil o‘rganildi. Natijada, soliq xizmati organlari xodimlari ko‘magi bilan 10 ta muammolar ijobiy hal etildi. Bugungi kunda boshqa tashkilotlar bilan bog‘liq masalalar qat’iy nazoratga olinib, hamkorlikda hal etish choralari ko‘rilmoqda.
Shuningdek, o‘rganishlar davomida soliq turlari bo‘yicha 22 ta subyektlarning 270.5 mln so‘m mavjud ortiqcha to‘lov summasi qaytarib berildi.
Joriy etilgan qator soliq imtiyozlari, soliq yuki va turlarining kamaytirilganligi to‘g‘risida tadbirkorlar o‘rtasida olib borilayotgan tushuntirish-targ‘ibot ishlari natijasida 12 ta norasmiy ish o‘rinlari qonuniylashtirildi. Muhimi, fuqarolar muhim ish o‘rinlariga ega bo‘ldi.
Bugungi kunda qo‘lida hunari bor yoki uyda yakka tartibda ma’lum faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarimiz talaygina. Ularning o‘zini o‘zi band qilishi, ish stajiga ega bo‘lishi uchun soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning fevral oyi yakuni bilan tumanda 128 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilish tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tib, muayyan faoliyat turlari bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda. Eng muhimi, ularning 38 nafarini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi.
Uchquduq tuman davlat soliq inspeksiyasi