LOTIN-КИРИЛЛ

OVQATDAN ZAHARLANISHNI OLDINI OLISH

    Ovqatdan zaharlanish — odatda hazm qilish buzilishi bilan kechadigan o’tkir kasallik. Buning sababi ko’pincha organizmga oziq-ovqat bilan birgalikda turli mikroorganizmlar kirishi bo’ladi.

    Ko’pchilik oziq-ovqatdan zaharlanish hollari mahsulotlarda tillarang stafilokokk va ichak tayoqchasining jadal ko’payishidan kelib chiqadi. Zaharlanishlarni ko’pincha yaroqlik muddati tugagan sifatsiz, noto’g’ri sharoitlarda saqlangan yoki sanitariya me’yorlarini buzgan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni iste’mol qilish keltirib chiqaradi.

    Ovqatdan zaharlanish shunindek zaharli qo’ziqorinlar va o’simliklarni tanovul qilishda ham kuzatiladi. Ko’pincha zaharlanishni sut va sut mahsulotlari, kremli tort va pishiriqlar, yumshoq pishloq, qaynatilgan kolbasa, pashtetlar, tuxum, uyda tayyorlangan mayonez, mayonez yoki smetanali salatlar, pomidor va pomidor sharbati keltirib chiqaradi.

   YODDA TUTING!

   Ko’pincha zaharlanishni sut va sut mahsulotlari, kremli tort va pishiriqlar, yumshoq pishloq, qaynatilgan kolbasa, pashtetlar, tuxum, uyda tayyorlangan mayonez, mayonez yoki smetanali salatlar, pomidor va pomidor sharbati keltirib chiqaradi.

   mikroblar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmol qilinganda vujudga keladigan kasallik. Aksariyat birdan koʻpchilik kasallanadi, lekin bemorlardan sogʻlom odamga yuqmaydi. Koʻpincha stafilokokklar, enterokokklar, ayrim ichak tayoqchalari, protey, sitrobakter, iyersiniya, klostridiya va boshqa mikroblar sabab boʻlishi mumkin.

    Quyidagi 2 holat Ovqatdan zaharlanish uchun umumiy hisoblanadi: 1) mikrob tushib koʻpaygan ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilish oqibati; 2) bemor organizmiga mikrobning oʻzi va uning toksini taʼsiri. Ovqatdan zaharlanish yoz, kuz oylarida koʻp uchraydi. Kattalarga nisbatan bolalar, ayniqsa, 3 oylikdan 2 yoshgacha boʻlgan bolalar koʻproq kasallanadi. Odam koʻproq urinib qolgan goʻsht va uning mahsulotlari, sut mahsulotlari (ayniqsa, tort va pirojnoye), baliq, tovuq goʻshtini isteʼmol qilganda zaharlanishi mumkin. Stafilokokklar sabab boʻlgan hollarda infeksiya manbai odam hisoblanadi.  

    Oziq-ovqatdan zaharlanishni oldini olishning eng yaxshi usuli-ovqatlanish gigiyenasi qoidalariga, ovqatni to’g’ri saqlash va elementar ogohlikka rioya qilishdir.

   Ovqatning rangiga, hidiga va ta’miga e’tibor bering. Noxush chirigan hid, ta’mning nordonligi, tilning achishi sergak torttirishi kerak. Mahsulot sifati buzilganligi belgisi sifatida uning konsistentsiyasi o’zgarishi, uning yuzasida shilliq hosil bo’lishi ham xizmat qilishi mumkin.

   Mog’or bilan qoplangan, buzilgan meva va sabzavotlarni, shishgan konserva bankalari va sut va sut mahsulotlari paketlarini afsuslanmasdan tashlab yuborish kerak.

   Temir qopqoq bilan «yopilgan» banka o’ziga xos ovoz bilan ochilishi kerak, bu uning germetik yopilganini ko’rsatadi. Agar ovoz bo’lmasa, konservalarni iste’mol qilmaslik kerak.

   Sotib olayotganda, mahsulotning ishlab chiqarish muddati va yaroqlik muddati, o’ramning yaxlitligini tekshirish kerak. Shuningdek, muzlatgichni muntazam ravishda ko’zdan kechirish lozim.

Uchquduq tuman Sanitariya-epidemiologik

 osoyishtalik va jamoat salomatligi bo’limi

 sanitariya vrach yordamchisi: Sh.I.Niyozova

 

O'qilgan: 4061 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: