O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chоra-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-27-sonli farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining 2021-yil1-dekabrdagi 25/1-2978-sonli hamda Navoiy Viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasining 2021-yil 6 - dekabrdagi 01-16 sonli nazorat rejasining ijrosi yuzasidan, Uchquduq tuman maktabgacha ta`lim bo‘limiga qarashli 5-sonli maktabgacha ta`lim tashkilotida yo‘l harakati xavfsizligini to‘liq ta`minlashda bolalarga yo‘l harakati xavfsizligi asoslarini o‘qitish tizimini joriy etish, yo‘llarda, chorrahalarda va piyodalar o‘tish joylarida harakatlanish asoslarini amaliy hamda ko‘rgazmali tarzda o‘rgatishni yo‘lga qo‘yishni ilgari surish maqsadida maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Yo‘l qoidasi-umr foydasi!” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari bilan birgalikda tashkil etilgan amaliy jarayon tarbiyalanuvchilarga juda katta ta`surot qoldirdi. Shu kabi tadbirlarni ko‘proq tashkil etishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik.
5-sonli DMTT tarbiyachisi Ro‘ziyeva Gulnoz To‘lqin qizi