Tumanimiz markazining Amir Temur ko‘chasida zamonaviy ko‘rinishda qad rostlagan, aholiga xizmat ko‘rsatish uchun tashkil etilgan umumiy ovqatlanish shoxobchasi va avtobekat peshlavhasi qonun talablariga rioya etgan holda davlat tilida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozildi.
Qonun talablariga rioya etgan holda yozilgan bunday o‘zbekona nomlarning ko‘payishi ona tilimizga xos so‘zlar ommalashishiga, milliy o‘zligimizni anglashga, yoshlarni davlat tiliga va qonunlarga hurmat ruhida kamol toptirishga xizmat qiladi.
Mentalitetimizga xos bo‘lgan sof ona tilimizdagi so‘zlarni savdo, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohalarida keng qo‘llanishi esa, asl o‘zbek so‘zlarini ommalashishiga, davlat tilining mavqeyi yanada oshishiga xizmat qiladi, albatta.
Shunday tadbirkorlarimizning jamiyatimiz uchun, shuningdek, ona tilimizning ravnaqi uchun qo‘shayotgan hissasidan minnatdormiz!
Sojida Islomova
Uchquduq tumani hokimining maslahatchisi