LOTIN-КИРИЛЛ

Davlat tiliga hurmat - insoniy burch!

     Joriy yilning 22-23-dekabr kunlari Uchquduq tuman hokimligi ishchi guruhi Amir Temur, Cho‘lguli va Mustaqillik ko‘chalarida joylashgan 50 dan ortiq davlat idoralari, tashkilotlar va tadbirkorlik obyektlarining (oziq-ovqat do‘koni, dorixona, qurilish mollari do‘koni, xo‘jalik mollari do‘koni, avtomobil ehtiyot qismlari do‘koni, go‘zallik saloni, telefon ta’mirlash ustaxonasi, mebel sexlari, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, o‘quv markazlari va h.k.lar) bino yuza qismidagi peshlavhalari va reklama va boshqa e'lon, axborot matnlarining davlat tili to‘g‘risidagi qonun talablariga qanchalik to‘g‘ri kelishi, shuningdek, yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayramini xushkayfiyatda, oila davrasida o‘tkazish, bayram arafasida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish yuzasidan tashviqot-targ‘ibot ishlarini olib bordi. 

         Targ‘ibot jarayonida tadbirkorlarga davlat tili borasidagi islohotlar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun tadbirkorlarga ogohlantirish xatlari berildi.

         Shuningdek, islohotlarni o‘z vaqtida to‘g‘ri tushunib, o‘z savdo obyektidagi tashqi yozuvlarni davlat tili to‘g‘risidagi qonun talablariga mos tarzda davlat tilida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida shakllantirgan tadbirkorlarga davlat tiliga hurmat namunasini ko‘rsatgani bois minnatdorchilik bildirildi.

     Suhbat davomida aksariyat tadbirkorlarning davlat tili borasida islohotlarni to‘g‘ri qabul qilib, ona tilimiz ravnaqi uchun qo‘llaridan kelgancha namuna bo‘la olishga va'da berishlarini eshitib juda xursand bo‘ldik.

     Ona tilimizni qadrlovchi tadbirkorlar yanada ko‘payishini, davlat tilimizning mavqeyi yanada oshishini, qadri sarbaland bo‘lishini, kelayotgan yangi yil barcha yurtdoshlarimiz uchun eng omadli yil bo‘lishini tilab targ‘ibotda davom etdik.

Islomova Sojida

Uchquduq tumani hokimining maslahatchisi

 

O'qilgan: 584 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: