Joriy yilning 2-3-dekabr kunlari Uchquduq tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan 20 dan ortiq tadbirkorlik obyektlarining (oziq-ovqat do‘koni, dorixona, qurilish mollari do‘koni, xo‘jalik mollari do‘koni, avtomobil ehtiyot qismlari do‘koni, go‘zallik saloni, telefon ta’mirlash ustaxonasi va h.k.lar) bino yuza qismidagi peshlavhalari va reklama va boshqa e'lon, axborot matnlarining davlat tili to‘g‘risidagi qonun talablariga qanchalik to‘g‘ri kelishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida tadbirkorlarga davlat tili borasidagi islohotlar yuzasidan tushuntirish, tashviqot-targ‘ibot ishlari olib borildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun tadbirkorlarga ogohlantirish xatlari berildi.
Shuningdek, islohotlarni o‘z vaqtida to‘g‘ri tushunib, o‘z savdo shoxobchasidagi tashqi yozuvlarni davlat tili to‘g‘risidagi qonun talablariga mos tarzda davlat tilida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida shakllantirgan tadbirkorlarga davlat tiliga hurmat namunasini ko‘rsatgani bois minnatdorchilik bildirildi.
Islomova Sojida
Uchquduq tumani hokimining maslahatchisi