LOTIN-КИРИЛЛ

QUTIRISH KASALLIGI QANDAY KASALLIK?

QUTIRISH KASALLIGI QANDAY KASALLIK?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2011 yil 8 iyuldagi  “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bog‘liq xizmatlar faoliyatini takomilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 202-sonli qaroriga asosan quturish kasalligiga qarshi kurashish choralarini yanada kuchaytirish, kasallik belgilari va uning oldini olish chora-tadbirlari bo‘yicha aholi xabardorligini oshirish va keng  targ‘ibot ishlarini olib borish maqsadida, joriy yilning 1-fevralidan 31-martiga qadar tumanimizda ham “Quturish kasalligiga qarshi  kurashish oyligi” e’lon qilingan.       

      Bugungi kunda dunyoning qator mamlakatlarida inson va hayvonlar uchun xavfli bo‘lgan quturish kasalligi bo‘yicha murakkab epizootik va epidemik vaziyat saqlanib qolmoqda.

      Quturish kasalligi insoniyatga qadimdan ma’lum bo‘lgan, barcha issiqqonli hayvonlar va odamlarda  uchraydigan asab-tizimining og‘ir shikastlanishi bilan kechadigan hamda o‘lim bilan yakun topadigan  o‘ta xavfli yuqumli virusli kasallikdir.

“Quturish kasalligiga qarshi  kurashish oyligi” doirasida Uchquduq tuman Sanitariya epidemiologik osоyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi, tumanda Quturish kasalligini oldini olish maqsadida xonadonlarda saqlanayotgan it, mushuk va boshqa  chorva mollarini har yili veterinariya ko‘rigidan va ro‘yxatdan o‘tkazib, ularni yuqumli kasalliklarga tekshirtirish, yuqumli kasalliklarga qarshi emlatish zarurligi hamda uy hayvonlari  va MSHM (mayda shohli mollar), YSHM (yirik shohli mollar mayda shohli mollar) kasal bo‘lsa, veterinariya vrachini chaqirtirishi va bu boradagi barcha ishlarni uning nazorati ostida o‘tkazilishi borasida targ’ibot tadbirlari va tushuntirish ishlarini olib bormoqda.  Quyida keltirilgan ma’lumotlar, qutirish kasalligi haqida tushunchaga ega bo’lib ehtiyot choralari ko’rish uchun namuna bo’la oladi.

    Qutirish kasalligi  

 Qutirish-kasalligi o‘tkir yuqumli tipik zoonos kasalligidir. Qutirish hayvonlardan yuqish yo‘li: qutirgan hayvon odamni tishlash natijasida yuqadi.

 Bizning sharoitda uning tabiiy manbaalari qarovsiz qolgan uy hayvonlari, sichqonlar hisoblanadi. Kasallik hayvonning so‘lagi orqali yuqadi.

Qutirish kasali ko‘p holatda itlardan yuqadi. Odamlar o‘rtasida qayd etilayotgan qutirishning dastlabki ko‘rinishlari bilan bog‘liq xolatlarning o‘rtacha 20 foizi daydi itlarga, 80 foizi esa egali itlarga to‘g‘ri keladi. Bu it bilan muomalada ehtiyotkorlik zarurligini ko‘rsatadi.

Kasallikning inkubatsion yoki yashirin davri (14-15 kun), tugagach, kasallikka chalingan it jarohatdan qolgan chandiqni chaynaydi, chunki u erda og‘riq paydo bo‘ladi. It juda bezovtalanib, har tomonga yuguradi, egasi chaqirganda e’tibor bermaydi. Qorong‘u burchaklarga yashirinadi, sababsiz vovullaydi, ishtahasi pasayadi, yutinish va nafas olishda qiynaladi. It suv shildirashi va shamoldan qo‘rqadi, uzoq masofaga yuguradi. Yo‘lida uchragan odam va hayvonlarni tishlaydi. Og‘zidan so‘lak ajralishi kuchayadi, hurishi bo‘g‘iq bo‘ladi, pastki jag‘i osiladi. Keyin dumi va orqa oyoqlari falajlanib, kasallikning 7-8 kunida o‘limi kuzatiladi.

Kasallangan uy hayvonlari - it va mushuklar atrofdagi odamlar uchun katta xavf tug‘diradi. Qutirish virusi bilan zararlangan hayvon so‘lagida kasallik boshlanishidan 10 kun oldin qutirish viruslari ajrala boshlaydi. SHuning uchun ham har qanday tishlagan hayvon 10 kun davomida veterinar kuzatuvida bo‘lishi shart. SHu davr ichida agar hayvonda qutirishning biror belgisi paydo bo‘lmasa, it tishlagan kishi uchun hech qanday xavf yo‘q. Agar shu o‘n kun davomida unda qutirish kasalligi belgilari yuzaga kelsa, demak odam hayoti ham xavf ostida qoladi.

Qutirish kasalligining yashirin davri odamlardan 7 kundan 1 yilgacha, ko‘pincha 20-60 kun bo‘ladi. YAshirin davrning davomiyligi, jarohatning hajmi, qanday hayvon tishlaganligi, shuningdek, jarohat o‘rni qay darajada tozalab yuvilganligiga bog‘liq. Odamlarda qutirish kasalligining kechishi boshlang‘ich, spastik-qo‘zg‘alish, paralitik-falajlanish bosqichlarida bo‘ladi.

Kasallikning boshlanish holatida tishlangan jarohat chandig‘i sohasida uvishish, chumoli yurgandek qitiqlanish, tishlangan qo‘l yoki oyoqni sovuqdek sezish holatlari kuzatiladi. Bemor uyqusida bezovta bo‘ladi, kayfiyati tushadi, ishtahasi bo‘g‘ilib, og‘izi quriydi, ko‘ngli ayniydi, qusadi. Kasallikning 2-3 kunida ikkinchi   bosqich boshlanadi. Havo etishmasligi, yutinishning qiyinlashishi, kuchli og‘riq sezish kuzatiladi. Tana harorati 39-40 darajaga ko‘tarilib, oyoqlar falajlanib, oxir-oqibat bemor vafot etadi. Kasallik 5-9 kun davom etadi.

Qutirish kasalligini davolab bo‘lmaydi, faqat emlash yo‘li bilan qutirgan it tishlagan kishining hayotini saqlab qolish mumkin. 1885 yilda fransuz olimi Lui Paster birinchi bo‘lib vaksina orqali emlash yo‘li bilan organizmda qutirishga qarshi immunitet paydo qilib, kasallikning oldini olishga yo‘l ochgan. 

Hayvonlar tishlashidan   jabrlanganlarni qutirish kasalligiga chalinishini oldini olishning birdan-bir yo‘li - maxsus vaksina bilan to‘liq va o‘z vaqtida emlash kursini qabul qilish hisoblanadi.

Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda jarohat toza suv bilan sovun yordamida yuvilsa, viruslar neytrallanadi va yo‘qoladi. Bunday yuvish 3 kun davom ettiriladi. Jarohat atrofiga yod surkab, steril antiseptik bog‘lam qo‘yiladi. Uch kungacha tishlangan jarohat atrofini kesish va tikish mumkin emas.

Qutirishga qarshi emlash kursini olish paytida shifokorlarning barcha ko‘rsatma va maslahatlariga qat’iy rioya etilishi shart. Qutirish kasalligining oldini olish uchun birinchi navbatda daydi, egasiz it va mushuklarni yo‘qotishi, uy hayvonlarini qutirishga qarshi emlashni to‘liq amalga oshirish lozim.

Uy hayvonlarini, ayniqsa, it va mushuklarni boqishda ma’lum me’yorlarga qat’iy amal qilish, daydi, qarovsiz it va mushuklar bilan bolalarning o‘ynashiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Uyda saqlash uchun olingan it va mushuk bir hafta ichida hududiy veterinariya xizmati idoralarida hisobga qo‘yilib, ko‘rikdan o‘tkazilishi va qutirish kasalligiga qarshi emlatilishi shart. Itni ko‘chaga aslo chiqarib yubormang. CHunki daydi itlardan turli parazitar kasalliklar, shu jumladan, qutirish kasalligi yuqishi mumkin.

Itlar ko‘chada faqat zanjirga bog‘langan holda, tumshuq tasmasi bilan sayrga olib chiqilishi tavsiya etiladi. It egalari jabrlangan fuqarolarga yetkazilgan jismoniy, moddiy va ma’naviy hamda davlatga etkazilgan moddiy zararlarni qonun asosida to‘lashlari shart.

       

    

O'qilgan: 1092 bora O'zgartirish kiritilgan san'a 25 Feb 2021

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: