Yoshlar ittifoqi tomonidan e’lon qilingan “Umumiy o’rta ta’lim muassasalari yoshlar yetakchilari oyligi” doirasida, yoshlar yetakchilari uchun ochiq muloqotlar, master klasslar tashkil qilinmoqda. Xususan, joriy yilning 15 fevral kuni “Kelajak” yoshlar markazi binosida 9-sonli maktab yoshlar yetakchisi A.Abdikadirova hamda sanoat texnikumi yoshlar yetakchisi K.Axmatovalar tomonidan “Yoshlar yetakchilarida TIME-menejmenti va liderlik hislatlarini shakllantirish” hamda “Yoshlar yetakchilarida nostandart, ijodiy, kreativ tafakkurni rivojlantirish yo’llari” mavzularida seminar-trening tashkil etildi. Trening davomida yetakchilarda auditoriya bilan ishlash bilim-ko’nikmalarini, trenerlik qobilyatlarini rivojlantirishga qaratilgan tushunchalar, shaxsda liderlik xususiyatlarining shakllanishiga qanday omillar ta’sir etishi haqida aytib o’tildi va liderlik qobiliyatini oshiruvchi mashg’ulotlar o’tkazildi.
Trening jarayonida shaxslararo muloqotni tashkil etish, jamoaviy hamkorlik va birdamlik qanchalik muhim ekanligiga alohida urg’u berildi. Mashg’ulotda nazariy bilimlar berish bilan bir qatorda turli interaktiv o’yinlar o’tkazilib, yetakchilarda o’quvchi yoshlarni samarali boshqarishga oid amaliy tavsiyalar berildi.
Ushbu oylik yetakchilar uchun o’quv yili davomida o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, iqtidor va izlanishlarini rag’batlantirishda ahamiyatli jarayondir.
Uchquduq sanoat texnikumi
yoshlar yetakchisi K.Axmatova