O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda 2021 yil “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” munosabati bilan o‘sib kelayotgan avlodning sog‘ligini mustahkamlash, bolalar hamda o‘smirlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish, ommaviy-sport va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga erishish va iqtidorli, iste’dodli sportchilarni saralab olish maqsadida “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostida Tog’-kon jihozlarini ta’mirlash sexida TKJTS va EJTU yoshlari o‘rtasida sportning shaxmat va shashka turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar TKJTS va EJTU Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi va 11-sonli Kasaba uyushmasi raisi o’rinbosari tomonidan diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.