Bugungi kunga kelib xalqaro terrorizm, narkotrafik va odam savdosi singari transmilliy jinoyatlarning inson xavfsizligiga xuruj qilayotgani bois, ulardan jabr chekayotganlar, afsuski, ko‘pchilikni tashkil etayotganligi, hudud va chegara bilmaydigan bu jinoyatlarning har biri jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Bugun ham yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar jinoyatchilik va spirtli ichimlik iste’mol qilishning oldini olish maqsadida hamda ma’naviy ishlar samaradorligini oshirish uchun huquq-targ‘ibot organlari bilan Tog’ kon jihozlarini ta’mirlash sexida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etgan soha xodimlari Uchquduq tumani IIB bo‘limi xodimlari so‘zga chiqib, yoshlarni boshqa davlatlarda kechayotgan nohush voqealar hamda tartibsizliklardan voqif etish emas, balki o‘z tinchligimizning qadriga yetish, uni har qanday tahdidlardan asrab-avaylash ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, bugungi kunda aksariyat yoshlarimiz spirtli ichimliklarga ruju quyayotganligi va buning natijasida turli jinoyatlar sodir etayotganli to‘g‘risida ham yoshlarga tushunchalar berib o‘tdi. Har qanday urush begunoh aholining qiyinchiliklari va iztiroblari bilan tugaydi, lekin bu kabi tartibsizliklarga ayrim kimsalar bundan faqat moddiy manfaat topish uchungina qo‘l uradilar. Biz bu tinchlikka osonlik bilan erishganimiz yo‘q shuning uchun endi uni qadrlashimiz, asrashimiz kerak va zarurligini, O‘zbekistonimizni asrash, uning tinchligini barqarorlashtirish esa yoshlarning qo‘lida ekanligi to‘g‘risida ham tushunchalar berib o‘tdi.