LOTIN-КИРИЛЛ

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusning yangi shtammi haqida ilk bor ma’lumot berdi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi turi haqida ma’lumot berdi.

 

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva koronavirusning yangi shtammi haqida ma’lumot berib, bu haqdagi savollarga javob berdi:

“Biz shuni unutmasligimiz kerakki, har qanday virus atrof-muhitga moslashish davrida mutatsiyaga uchraydi. Mutatsiyaning qanchalik keng ko‘lamda bo‘lishi virusning tarqaluvchanligi bilan bog‘liq, ya’ni kasallikni yuqtirgan har uchinchi, to‘rtinchi odamda bu virus mutatsiyasi kuzatiladi. Koronavirusning keng tarqalayotgan mutatsion shtammi sentabr oyida birinchi bor Buyuk Britaniyada aniqlangan, bugungi kunda 60 nafardan ortiq provinsiyada bu shtamm kuzatilayotgani haqida ma’lumotlar mavjud”.

Shuningdek, u COVID-19’ning mazkur shtammi asosan kimlarda aniqlanayotganini ham ma’lum qilgan.

“Olimlarning kuzatishi bo‘yicha COVID-19’ning mazkur shtammi ko‘proq bolalar va yoshlarda aniqlanmoqda hamda kasallik belgilarida deyarli o‘zgarish yo‘q. Lekin bu shtamm aniqlanganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmagani bois kasallikning og‘ir va o‘ta og‘ir darajada kechuvi haqida ma’lumotlar yetarli emas. Bu esa bizni yanada hushyor bo‘lishga chorlaydi”, — deydi u.

 

Sevara Ubaydullayeva koronavirusga qarshi ishlab chiqilayotgan vaksinalar kasallikning yangi shtammiga ham ta’sir qilishini ta’kidlagan:

“Yangi shtamm tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki, mutatsiyadan so‘ng virusning toj oqsillarida o‘zgarish bo‘lgan — bular virusning odam tanasi hujayralari qobig‘idan o‘tib, ichkariga kirishida kalit vazifasini o‘tovchi qismidir. Virus shu tojlar orqali tana hujayrasi yuzasi bilan kontaktga kirishadi. Ishlab chiqilayotgan vaksinalar koronavirusning tashqi qobig‘i, ya’ni yog‘ kislotasi mavjud S-oqsilli qobig‘iga ta’sir qiladi. Koronavirus mutatsiyaga uchrab, o‘z genetik shtammini o‘zgartirsa ham, vaksinalar uning yangi shtammlariga ta’sir ko‘rsatishi to‘g‘risida Buyuk Britaniya va Rossiya olimlari ta’kidlab kelmoqda.

Vaksina immun tizimini virusning turli tarkibiy qismlariga hujum qilish uchun tayyorlaydi, bu esa tojning muayyan qismi mutatsiyaga uchrasa ham, vaksina samarasi saqlanib qolishini anglatadi. Dunyo olimlari virus vaksinaga qarshi tura oladigan mutantlarni keltirib chiqarsa, koronavirusga qarshi vaksinalarni kasallikka moslashtirib borish mumkinligi haqida aytishmoqda”.

Uning ta’kidlashicha, kasallikdan himoyalanish uchun doimiy ravishda karantin va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish kerak. Jumladan:

  • niqoblarni to‘g‘ri taqish va o‘z vaqtida almashtirish;
  • uydan tashqariga chiqqanda o‘zaro masofani saqlash;
  • qo‘llarni doim sovunlab yuvish yoki antiseptik vositalar bilan ishlov berish;
  • uyga qaytganda, oila a’zolari bilan ko‘rishishdan oldin kiyimlarni almashtirish, qo‘llarni sovunlab 20 soniyadan ko‘p yuvish, tomoq va burunni 3 martadan ortiq issiqroq suvda chayish, yuzlarni yuvish;
  • sog‘lom va ratsional ovqatlanish, meva sabzavotlarga boy ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish (ovqat to‘liq termik ta’sirdan o‘tgan bo‘lishi kerak);
  • yengil jismoniy harakatlar bilan doimiy shug‘ullanish, nafas mashqlarini bajarish va asta-sekin jismoniy faollikni ko‘paytirib borish lozim.

Koronavirusning yangi shtammi

Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi turi aniqlangani, shu tufayli mamlakatning ayrim hududlarida kasallik tarqalish sur’ati tezlashgani haqida 14-dekabr kuni mahalliy Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Mett Xenkok ma’lum qildi. Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, ushbu turdagi koronavirus avvalgilaridan 70 foizga yuqumliroq, lekin undan xavfli emas.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 20-dekabr kuni Britaniyanikiga o‘xshash koronavirus Niderlandiya, Daniya va Avstraliyada ham aniqlanganini e’lon qildi. Hozirda tashkilot bu shtammni o‘rganmoqda.

Avvalroq Janubiy Afrika Respublikasi (JAR)da ham o‘xshash mutatsiyadagi virus topilgani haqida xabar berilgan edi. Virusning yangi varianti hozirgi vaksinalar hosil qiladigan immunitetdan kuchliroq bo‘lishi mumkin, degan taxminlar uchun hozircha biror-bir asos yo‘q. Buyuk Britaniya 8-dekabr kuni G‘arb mamlakatlari orasida birinchilardan bo‘lib koronavirusga qarshi Pfizer va BioNTech kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan dori vositasi bilan ommaviy vaksinatsiya qilishni boshlagan edi.

Yevropaning bir qator mamlakatlari — Niderlandiya, Belgiya, Avstriya va Italiya kabilar Buyuk Britaniya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatishini e’lon qilib ulgurdi. Irlandiya, Fransiya va Germaniya, shuningdek, Isroil ham shunday qaror qabul qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bild nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya kansleri Angela Merkel Yevropa Ittifoqidagi hamkasblari bilan Buyuk Britaniyadan Yevroittifoqqa parvozlarni 20-dekabr oqshomidan to 2021-yil 6-yanvarigacha muvofiqlashtirilgan holda taqiqlash bo‘yicha kelishishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi va JAR o‘rtasidagi aviaqatnovlar cheklanishi, Buyuk Britaniya bilan temiryo‘l va parom aloqasi ham to‘xtatilishi mumkin.

Yangi shtamm Daniya va Braziliyada ham aniqlandi.

Shuningdek, yangi shtamm sabab Saudiya ArabistoniRossiya va 20 dan ortiq mamlakat aviaqatnovlarni chekladi. Shu jumladan, O‘zbekiston ham yetti davlat bilan aviareyslarni to‘xtatdi.

O'qilgan: 694 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: