Ijtimoiy tarmoqda “Qarshi shahrida GAI avtomashinasi yonib ketdi” sarlavhasi ostidagi videolavha tarqaldi. Voqea yuzasidan IIV YHXBB bayonot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 18-dekabr kuni soat 16:50 larda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Mustaqillik ko‘chasida joylashgan viloyat hokimligi binosining ro‘parasida viloyat IIB YHXB YPX xodimi M.Oymurodov boshqaruvidagi Lacetti rusumli maxsus xizmat avtomobilining dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan.
Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in tez fursatlarda bartaraf etilgan. Transport vositasining dvigatel va kapot qismi zararlangan.
Mazkur hodisa yuzasidan Qarshi shahar IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.