LOTIN-КИРИЛЛ

Gulistondagi chorrahada raqsga tushgan tiktokchi yigitlar jarimaga tortilib, 4 sutkaga qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Guliston shahri markazidagi chorrahalarning birida 2 nafar yigit mashinalar harakatiga xalaqit berib raqsga tushgani aks etgan video tarqalgandi. Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, yigitlarning shaxsi aniqlanib, ularga nisbatan tegishli chora ko‘rilgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xovos tumani “Bunyodkor” mahallasida yashovchi D.E. va Sirdaryo tumani “Zarshunoslik” mahallasida yashovchi A.I. keyinchalik TikTok sahifasiga joylash maqsadida Guliston markazidagi chorrahalardan birida mashinalar harakatiga xalaqit berib raqsga tushgan va ularning bu harakatlarini Sayxunobod tumani “Farovon” mahallasida yashovchi Sh.A. tasvirga olib turgan.

Sodir etilgan huquqbuzarlik harakatlari bo‘yicha Guliston shahar IIO FMB HPB xodimlari tomonidan ushbu shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) 1-qismi hamda 183-moddasi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun Guliston shahar ma’muriy sudiga yuborilgan.

Foto: Sirdaryo viloyati IIB

Sud qarorga asosan raqsga tushgan yigitlar bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari (1 million 115 ming so‘m) miqdorida jarima hamda 4 sutkadan ma’muriy qamoq, Sh.A.ga esa eng kam ish haqining 5 baravari miqdorida jarima hamda 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

O'qilgan: 681 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: