LOTIN-КИРИЛЛ

O‘zbekistonda “tonirovka” uchun ruxsatnomani onlayn shaklda olish mumkin bo‘ladi

Vazirlar Mahkamasining “Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirganlik uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini onlayn ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

 

Qaror bilan avtotransport vositalarining oynalarining tusini o‘zgartirganlik uchun ruxsatnomani onlayn tarzda berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanadi. Qarorga ko‘ra:

  • 2021-yil 1-apreldan boshlab avtotransport vositalarining oynalarining tusini o‘zgartirganlik uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish faqat onlayn tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi;
  • “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq avtotransport vositalarining oynalarining tusini o‘zgartirganlik uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini olish uchun YaIDXP orqali murojaat etganda, davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘lanadigan summadan 90 foiz miqdorida to‘lanadi.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 aprelga qadar:

  • avtotransport vositalarining oynalarining tusini o‘zgartirganlik uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish jarayonining to‘liq avtomatlashtirilishini;
  • avtotransport vositalarining oynalarining tusini o‘zgartirganlik uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmati YaIDXP orqali ko‘rsatilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan axborot tizimlarining o‘zaro integratsiya qilinishini;
  • ushbu qaror bilan tasdiqlanayotgan ma’muriy reglament bo‘yicha davlat xizmati YaIDXP orqali joriy etilishini;
  • davlat xizmatini ko‘rsatilganligi uchun to‘langan to‘lovlar Davlat bojlari va yig‘imlar summasi hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi orqali elektron tarzda amalga oshirilishini ta’minlaydi;
  • YaIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etadi.
 

Qarorda keltirilishicha, avtotransport vositasi orqa oynasining tusini yorug‘lik o‘tkazuvchanligi cheklanmagan darajada o‘zgartirish (qoraytirish), shuningdek, old oynasining tepa qismi tusini 14 santimetrdan ko‘p bo‘lmagan polosa shaklida, yorug‘lik o‘tkazuvchanligi cheklanmagan darajada o‘zgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.

Qayd etilishicha, ruxsatnoma bir yildan kam bo‘lmagan muddatga beriladi. Ruxsatnoma ariza beruvchining ixtiyoriga ko‘ra bir yildan ko‘p muddatga ham berilishi mumkin.

Avvalroq O‘zbekistonda yuk mashinalari va avtobuslarning oynalarini “tonirovka” qilishga ruxsat berilgani hamda jismoniy shaxslar uchun avtomobilning orqa yon oynasini “tonirovka” qilish narxi arzonlashtirilgani haqida xabar berilgandi.

O'qilgan: 694 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: