Ma’lum qilinishicha, hodisa 8-dekabr kuni soat 18:00 larda Maltepa tumanida sodir bo‘lgan. Bir necha bor sudlangan, qamoqdan garov evaziga ozodlikka chiqqan va tilanchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan 27 yoshli Bedir G. ismli turk fuqarosi kechqurun do‘konga kelib, o‘zi uchun narsa sotib olmoqchi bo‘ladi.
Do‘konga kelgan Bedir G. bilan do‘kon dileriga kuryerlik qilgan Burhonjon Ochilov o‘rtasida nizo kelib chiqqan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Ochilov Bedir G.ga “Nega ishlamayapsiz, men xatto boshqa bir joydan kelganman, ishlayapman”, deb tanbeh bergan. Mojaro avj olib, o‘zbekistonlikning pichoqlanishi bilan yakun topgan.