Andijonda 3 nafar maktab o‘quvchilarining ziragini aldab, yechib olgan ayol qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti.
Qayd etilishicha, 2020-yilning 26-noyabr kuni soat 12:30 larda fuqaro 26 yoshli Zulfiyaxon I. o‘zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida maktab o‘quvchilari hisoblangan voyaga yetmagan 8 yoshli Rayyona Sh. va 7 yoshli Zarina A.ning yolg‘iz kelayotganligidan foydalanib, ularga bayram tadbirga olib borishni aytgan. Shundan so‘ng ayol Rayyona Sh. va Zarina A.ning qulog‘idan 2 juft ziraklarini yechib olib, hodisa joyidan yashiringan.
Shuningdek, 2020-yilning 27-noyabr kuni soat 13:00 larda fuqaro Zulfiyaxon I. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, takroran o‘zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida Andijon shahar A.Temurshoh ko‘chasida maktab o‘quvchisi voyaga yetmagan 9 yoshli Munisa N.ni yolg‘iz kelayotganidan foydalanib, unga bayram tadbirida ishtirok etishini aytib aldagan. Shundan keyin ayol bu qizning ham qulog‘idan bir juft ziraklarini yechib olib, hodisa joyidan yashiringan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida gumon qilinuvchi Zulfiyaxon I.dan jabrlanuvchilar Rayyona Sh. va Zarina A.ga tegishli bo‘lgan sirg‘alar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Zulfiyaxon I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.