LOTIN-КИРИЛЛ

O‘zbekiston Rossiyaga koronavirusga qarshi vaksinani birgalikda ishlab chiqarishni taklif qildi

Rossiya O‘zbekiston tomonidan Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqarish bo‘yicha taklifni oldi. Bu kabi taklifni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev bildirgan, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

43,75 gektar joyda Tashkent Pharma Park’ni qurish ishlari 2020-yilning yanvar oxirlarida boshlangan. Klaster o‘z infratuzilmasi, shuningdek, sanoat zonasiga ega Farmatsevtika texnika universitetini o‘z ichiga oladi. 2020—2024-yillarga mo‘ljallangan loyihani amalga oshirish uchun 191 million dollar yo‘naltirilgan.

Sardor Kariyevning ma’lum qilishicha, klaster hududida immunobiologik vaksinalarni, xususan, Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinalarni ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish mumkin.

Loyiha qiymati 53 million dollarga baholangan bo‘lib, ishlab chiqarish quvvati — 120 million dona. Agentlik rahbarining taqdimotida ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda vaksinatsiya kalendar rejaga kiritilgan va COVID-19’ga qarshi vaksinalarni ishlab chiqarish bo‘yicha vazifalar belgilab olingan. Gap Prezidentning turli xil vaksinalarni ishlab chiqarish maydonchalarini va zamonaviy sinov maydonchalarini yaratish borasidagi qarori haqida ketmoqda.

Ayni vaqtda immunobiologik vaksinalar importining ulushi 92 foizni tashkil etmoqda.

 

2021-yilning apreliga qadar loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish va tasdiqlash, iyunda loyihani GMP talablari asosida ishga tushirish va qurilish-montaj ishlarini boshlash taklif etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 4-dekabr kuni Rossiya tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi O‘zbekistonga olib kelingan edi. Namunalar O‘zbekiston tomoniga ro‘yxatdan o‘tkazish va mamlakat hududida vaksinalar ishlab chiqarish sanoatini ishga tushirish uchun zarur bo‘lgan sinovlarni o‘tkazish maqsadida topshirilgan.

O'qilgan: 677 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: