LOTIN-КИРИЛЛ

Ro‘zadorlar sog‘lom ovqatlanishda nimalarga e’tibor berishi kerak?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan Ramazon oyida ro‘zadorlar uchun sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar, xususan saharlik va iftorlik uchun taom tayyorlashga doir maslahatlar ishlab chiqildi.

Jumladan:

Ro‘zadorlar yog‘li mahsulotlar, ayniqsa, charvi yoki quyruqli go‘sht, qatlamali, yog‘/margarin yoki sariyog‘ qo‘shilgan xamirdan tayyorlangan taomlar iste’molini kamaytirishi kerak.

Masalliqlarni qovurish o‘rniga, ovqat tayyorlashning boshqa, masalan, bug‘da, sousda pishirish, kam miqdordagi yog‘da qovurib, pechda qizartirish kabi usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Tarkibiga me’yordan ortiq tuz qo‘shilgan oziq-ovqatlarni iste’mol qilmang:

Sosiska, kolbasa, dudlangan, qayta ishlangan va tuzlangan go‘sht;

baliq mahsulotlari,

zaytun mevasi, sho‘r bodring,

tuzli pishloqlar, gazaklar,

mayonez, ketchup va xantal qo‘shilgan salatlar,

souslar shular jumlasidandir.

Ovqat tayyorlashda tuzdan iloji boricha kamroq foydalanish va tuzdonni stol ustidan panaga olib qo‘yish tavsiya etiladi.

Pishirilayotgan taomlar ta’mini yaxshilash uchun turli o‘t va ziravorlardan foydalanish maqsadga muvofiq.

Shuningdek, ro‘zadorlarga kunduzi havo harorati yuqori bo‘lgan paytda salqin va soya joylarda qolish hamda quyoshda uzoq yurmaslik tavsiya etiladi.

Iftorlik va saharlik oralig‘ida ko‘p miqdorda suv ichish maqsadga muvofiq, chunki kunduzi havo harorati yuqori bo‘lishi ko‘p ter ajralishiga sabab bo‘ladi.

Shu bois, kun davomida yo‘qotilgan suyuqlik o‘rnini qoplash ehtiyoji yuzaga keladi. Buning uchun esa kamida 10 stakan suv ichish tavsiya etiladi.

Sersuv mahsulotlar tanovul qilish orqali ham bu me’yorni qisman qoplash mumkin. Masalan, saharlik paytida yoki iftorlikdan keyin dessert sifatida ho‘l mevalardan yeyish foydali.

Bodring va pomidor salati ham sersuv mahsulotlardan tayyorlangani uchun foydali hisoblanadi.

Sho‘rva yoki sabzavotli salatlar singari suvga boy taomlarni ham iste’mol qilish mumkin.

Tarkibida kofein mavjud bo‘lgan kofe, choy, kola kabi ichimliklardan voz kechib turgan ma’qul. Chunki bu modda inson organizmida suv miqdori kamayishi (degidratsiya)ga olib keladi.

Shuningdek, gazlangan shakarli ichimliklar kaloriyaga boy bo‘lishini esdan chiqarmaslik zarur. Kun davomida juda ko‘p harakat qilish organizmning ko‘p miqdorda suv yo‘qotishiga olib keladi. Qisqa muddatli sayr yoki chigalyozdi mashqlar sizni tonusda ushlab turishi mumkin. Ammo kun bo‘yi harakatsiz o‘tirish ham tavsiya qilinmaydi.

Ramazonda ushbu tavsiyalarga amal qilinsa, ortiqcha vazndan xalos bo‘lish, qon bosimi va organizmdagi xolesterin miqdorini pasaytirishga erishish mumkin.

 
O'qilgan: 251 bora O'zgartirish kiritilgan san'a 11 Mar 2024

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: