Bugun qaysi sohani olib qaramang ayollarimiz erkaklar bilan bir safda turib, faoliyat olib borayotganining guvohi bo‘lasiz. “O‘zbek geologiya qidiruv” AK “Qizilqum” markaziy GQE tarkibidagi “Kokpatas” DGQE ning dala xo‘jalik xizmati mudirasi Oyniso Muxammedova ham gelogiya sohasida ishlaydigan erkaklar bilan yelkama-yelka turi, yurt ravnaqi yo‘lida xizmat qilayotgan matonatli ayollardan.
Azim Buxoroning qizi Oyniso opa texnikumni muhandislik yo‘nalishida tamomlab, ish faoliyatini “Kokpatas” DGQEda boshlagan. Dastlab bosh dispetcher sifatida ishlab o‘zining kasbiga muhabbatini namoyon eta olgach, unga ma’muriy xo‘jalik xizmati mudirasi vazifasi ishonib topshirildi.
“Daraxt bir joyda ko‘karadi”, deydi dono xalqimiz, shundanmi 23 yildan beri shu korxonada rizqini terib yurgan Oynisa opada ham o‘zga kasbga mehr yoki qiziqish bo‘lmagan. Uning yagona maqsadi shu sohaning sir-asrorlarini to‘la o‘rganish ekanligini rahbarlari ham alohida e’tirof etadi.
Tariximiz o‘zining pahlavonlari va polvonlari bilan, qolaversa ajdodlar qoldirib ketgan boy madaniy merosi bilan faxrlanib so‘zlaydi. Azim yurtimizning Alpomishu Farhodlari qatorida, To‘maris va Barchinoydek mard qizlari-yu, Nodirabegim va Uvaysiydek aql zakovat sohibalari bo‘lganidek, bugunimizning Oyniso opadek shijoatli ayollari ham ko‘plab topiladi.
Zero, biz bugunning avlodimiz yonimizdagi insonlarni qadrlash esa bizning insoniylik burchimizdir.