Bugun amakimning kichik qizchasini bogʻchadan olib keladigan boʼldim..
Sargʻish sochlari chiroyli qilib yigʻilgan.Ustidagi oq rangli koʼylakchasi mittigina gavdasiga juda yarashgan..Qosh-u koʻzlari qora..
Jimgina qoʼlimdan tutib ketyapti..
Negadir yerga qarab olgan..
-Safiya nimadir boʼldimi?Nega yerga qarayapsan?
-Chumolilarni bosib olmaslik uchun?
Endi eʼtibor berdim...
Yerda mayda chumolilar bor ekan..
-Buvim aytgan edilarki har bir qilgan gunohimiz uchun u dunyoda javob berar ekanmiz..Oddiy chumolini bilmasdan bosib qoʻysak ham..Yana aytdilarki,
Aqlli qizlar non ushoqlarini toʼkmasliklari, kattalarga gap qaytarmasliklari,odobli boʼlishlari,ukalarini urmasligi, aldamasliklari kerak ekan..
Qizaloqning qolgan gaplarini eshita olmay qoldim..
Biz oddiy deb bilgan,koʻzga koʻrinmas notoʻgʻri ishlarimizning oxiri nima boʼlishi haqida oʼylamaymiz.. Koʼp hollarda bu narsa hayolimizning koʻchasiga ham kirib chiqmaydi...
Baʼzan ota-onamizni ranjitamiz,kimgadir haqoratli gapiramiz,aldaymiz,ortidan gʻiybat qilamiz..
5 yoshli qizaloqning gaplaridan taʻsirlandim..
Koʼzimga yosh keldi..
Mittigina chumoli ham erta bir kun Allohdan jazoyimiz berilishini soʼraydi..
Uni quchib,yuzlaridan oʼpdim..
Toʼgʻri tarbiya farzandga beriladigan eng muhim meros..
Niholni egri boʼlmasligi uchun eʼtibor berib oʻstirganingizdek,bola ham bunga muhtoj..
Ular ota-onalariga jannat eshiklarining kalitidir. "
'Shukur''
Ikkinchi para oʼz nihoyasiga yetdi..
Qizlar bilan sekin odimlab institutdan chiqa boshladik..
Oxirgi darsda domlamiz vazifalar tayyor boʼlmaganligi uchun tanbeh berdilar..
Eshikka yoʼnalgancha qattiqqoʻl ustozlar,adogʻi koʼrinmaydigan topshiriqlardan nolib bir-birimizga gapirib ketdik..
Piyodalar yoʼlagiga oʼtgach,koʼzim bizdan 5-6 qadam narida kelayotgan yigitga tushdi..
Menimcha biz tengi, institut talabasi..
Oddiy kiyingan,yelkasiga portfelini ilib olgan..
Ikki qoʼlida tayoq..
Bir oyogʻi nogiron..
Lekin shu holatida ham oʼqishga shoshilmoqda..Ilm uchun..
Yuzida qatʼiylik..
Hech kimga eʼtibor bermay dadil odimlayapti..
Oʼsha mahal..
Qoʼl-oyogʻim butun,aqlim joyida boʼla turib ilmimni toʼkis ziyoda qila olmayotganimdan oʼkindim...
Laylo Neʼmatova