Tashabbusli byudjet 2024-yil (16)
Tashabbusli byudjet 2024-yil
“Tashabbusli budjet” jarayonining birinchi mavsumiga joriy yilning 1 fevralidan start berildi.
"Ochiq budjet" (openbudget.uz) portali orqali o‘z mahallangizni obod qilish yoki mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflaringizni ilgari suring va ovoz to‘plab g‘olib bo‘ling!
Hurmatli Uchquduq tumani fuqorolari, Sizni qiynab kelayotgan, yechimi mablag‘ bilan bog‘liq muammolar mavjudmi?
Endi ushbu muommolarni hal etish uchun budjet mablag‘lari Sizning tashabbusingiz asosida yo‘naltiriladi.
Uchquduq tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan olib borilayotgan “Tashabbusli budjet” jarayonining 1 mavsumiga joriy yilning 1 fevralidan start berildi.
1-bosqich: Portal orqali taklif kiritish muddatlari 1 fevralidan 20 fevralgacha.
2-bosqich: Takliflarni saralash muddatlari 21 fevraldan 11 martgacha.
3-bosqich: Taklifga ovoz berish muddatlari 12 martdan 31 martgacha .
Jarayonda ishtirok etgan holda o‘z taklifingizni bildirishingiz yoki Sizning ehtiyojlaringizni aks ettirgan boshqa takliflarga ovoz berishingiz mumkin.
Onlayn ishtirok etish bevosita Iqtisodiyot va Moliya vazirligining “openbudget.uz” Ochiq budjet axborot portali orqali amalga oshiriladi.
Portal orqali Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida Siz ism-sharifingiz, tug‘ilgan yilingiz, yashash hududingiz va shu kabi boshqa ma’lumotlarni kiritishingiz va eng asosiysi o‘zingiz doimiy ishlatadigan telefon raqamingizni ko‘rsatishingiz lozim bo‘ladi.
Siz quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taklifingizni qoldirishingiz mumkin:
-Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash;
-Yoritish tizimini yaxshilash;
-Ichki yo‘llarni ta’mirlash, shag‘allashtirish yoki asfalt yotqizish;
-Ijtimoiy soha obyektlarini ta’mirlash, jixozlash yoki moddiy-texnik bazasini rivojlantirish;
Taklif qoldirish jarayoni juda ham sodda bo‘lib, Siz o‘z shaxsiy kabinetingiz orqali qo‘shish tugmasini bossangiz va ochilgan sahifaga o‘z taklifingiz haqida ma’lumotlarni kiritsangiz bas.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki bildirilgan taklifda yagona ijtimoiy muammo aks ettirilishi hamda taklifning manzili aniq ko‘rsatilishi lozim.
Taklif qoldirish va ovoz berish yakuniga ko‘ra eng ko‘p ovoz to‘plagan takliflar g‘olib deb topiladi hamda taklifni amalga oshirish uchun mablag‘ ajratilishi yuzasidan qaror qabul qilinib, amaliy ishlar boshlanadi.
Tashabbus ko‘rsating va “Tashabbusli byudjet” jarayonida faol ishtirok eting!!!
Muammolarni hal etish endi o‘z qo‘lingizda.
Uchquduq tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi.