LOTIN-КИРИЛЛ

BIOLOGIYA DARSLARIDA 5E MODELI

    Zamonaviy ta`lim jarayonida o`quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish va darsni samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega.Shu maqsadda pedagogik yondashuvlar doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda.Ana shunday inovatsion usullardan biri 5E modeli bo`lib,u konstruktiv ta`lim yondashuvlaridan biridir.Mazkur model yordamida o`quvchilar ilmiy tushunchalarni chuqurroq o`zlashtirish,tajribalar orqali bilimlarini mustahkamlash hamda ijodiy fikrlash ko`nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo`ladilar.Keling,shu o`rinda 5E modeli xususida to`xtalib o`tamiz. 5E modeli-bu ilmiy tadqiqot asosidagi ta`lim usuli bo`lib,u Engage (jalb qilish),Explore (o`rganish),Explain (tushuntirish),Elaborate (mustahkamlash),Evaluate (baholash) bosqichlaridan iborat.Mazkur model dastlab 1987-yilda BSCS ( Biological Sciencec Curriculum Study) tomonidan ishlab chiqilgan bo`lib,bugungi kunda turli fanlar ,jumladan biologiya darslarida ham keng qo`llaniladi. 5E modelining asosiy tamoyillari Tadqiqotga asoslangan ta`lim: O`quvchilar ilmiy jarayonni tajribalar orqali o`rganadilar .Faol ishtirok: O`quvchilarning dars jarayonida bevosita qatnashishini ta`minlaydi. O`zlashtirishning chuqurligi: Yangi bilimlarni ilgari o`rganilgan tushunchalar bilan bog`lash imkonini beradi.Refleksiya va tahlil: O`quvchilar o`z bilimlarini mustaqil ravishda tahlil qilish imkoniyatiga ega bo`ladilar.5E modelining bosqichlari quyidagilardan iborat:

     1.Engage (Jalb qilish). Bu bosqichda o`quvchilar mavzu bilan tanishtiriladi va ularning qiziqishini uyg`otish maqsadida turli savollar,tajribalar yoki real hayotiy misollar keltiriladi.O`qituvchi motivatsion strategiyalar orqali o`quvchilarning faol ishtirokini ta`minlaydi.Biologiya darsida Engage bosqichi qanday o`tkaziladi? Savollar yordamida qiziqish uyg`otish: Masalan,”Nima uchun o`simliklar fotosintez jarayonida kislorod chiqaradi?”Vizual materiallardan foydalanish: Hayvonlarning yashash muhitlari tasvirlangan videolar yoki rasmlar. Kichik tajribalar o`tkazish: o`simlikning bargini quyosh nurida va soya joyda qoldirib,fotosintez jarayonini kuzatish.

    2.Explore (O`rganish).Bu bosqichda o`quvchilar mustaqil yoki guruh bo`lib,tajribalar,kuzatuvlar va tadqiqotlar orqali mavzu bo`yicha bilimlarni o`zlashtiradilar.O`qituvchi bu jarayonda yo`naltiruvchi rolini bajaradi,ya`ni to`gridan-to`g`ri ma`lumot bermasdan,o`quvchilarga savol javob va tajribalar orqali bilim olishga imkon yaratadi.Biologiya darsida Explore bosqichi qanday o`tkaziladi?

       Laboratoriya ishlari: O`quvchilar mikroskop orqali o`simlik hujayralarini kuzatishi mumkin.Eksperimentlar : Masalan,turli tuproq sharoitlarida o`simlik o`sishining farqlarini aniqlash.Ochiq muhokamalar: O`quvchilar hayvonlarning yashash muhitlari haqida o`z fikrlarini bildiradilar.

      3.Explain (Tushuntirish).Ushbu bosqichda o`qituvchi o`quvchilar tomonidan o`rganilgan bilimlarini izohlab,ilmiy tushunchalarni to`g`ri shakllantirishga yordam beradi.Biologiya darsida Explain bosqichi qanday o`tkaziladi ? o`quvchilarning topilmalarini muhokama qilish,aniq ilmiy tushunchalarni shakllantirish.O`qituvchi tomonidan grafik va diagrammalar orqali tushuntirish.

      4.Elaborate (Mustahkamlash).Bu bosqichda o`quvchilar yangi bilimlarini amaliyotda qo`llab ko`radilar va ilgari o`rganilgan bilimlar bilan bog`laydilar.Biologiya darsida Elaborate bosqichi qanday o`tkaziladi? Haqiqiy muammolarni hal qilish: Ekotizimning muvozanati buzilganda qanday oqibatlar kelib chiqishini o`rganish. Qo`shimcha loyihalar: O`quvchilar o`z bog`larini yaratib,o`simliklarning o`sish sharoitlarini kuzatishi mumkin.

      5.Evaluate (Baholash).Bu bosqichda o`quvchilarning bilimlari test,loyiha ishlari yoki baholovchi savollar orqali tekshiriladi.O`qituvchi o`quvchilarning tanqidiy fikrlashi va muammolarini hal qilish qobiliyatlarini baholaydi.Xullas,5E modeli biologiya darslarini interaktiv va qiziqarli qilib tashkil etish imkonini beradi.O`quvchilar bu model orqali nazariy bilimlarni mustahkamlab,amaliy tajribalar asosida ilmiy jarayonlarni chuqur o`rganish imkoniyatiga ega bo`ladilar.Shuning uchun ushbu modeldan foydalanish o`qituvchilar uchun juda foydalidir.

        Sharipova Ruxsora Ilhomovna

Navoiy viloyati Uchquduq MMTBga qarashli 18-maktabning biologiya fani o`qituvchisi

O'qilgan: 38 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: