Yurtimizmizda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi tibbiyot xodimlarining kasb bayrami sifatida nishonlanadi.
“Yo‘lchilar” ovulidagi “Oq saroy” tantanalar majmuasida “Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Uchquduq tumanida tibbiyot sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan soha xodimlari, tajribali shifokorlar, tizim mas’ullari va faxriylar ishtirok etdi.
Tadbirda Uchquduq tumani hokimi Uchqun Yelmuratov so‘zga chiqib, keyingi yillarda mamlakatimizda aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, davolash-profilaktika muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yaxshi samaralar berayotganini ta’kidladi. Bugun hududlar aholisini sifatli tibbiy xizmat bilan qamrab olish, tibbiyot muassasalari moddiy texnika bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar yurtdoshlarimizni hayotdan rozi qilish, el ishonchini qozonishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.
Shuningdek, tantanali bayram tadbirida aholi salomatligi yo‘lida samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh soha xodimlariga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Shifokorlarning ezgu maqsadi har bir bemorni sog‘lom hayotga, oilasi bag‘riga qaytarishdan iborat ekan bu kabi ezgu va mas’uliyatli ishlaringizga muvaffaqiyatlar tilaymiz.
UCHQUDUQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI