LOTIN-КИРИЛЛ

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatiga tashrifi yuzasidan MUNOSABAT

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning "Ma’naviy buyuk xalq — iqtisodiy buyuk bo‘ladi. Ikkita tomir ustunimiz bor: iqtisod va ma’naviyat!" degan so‘zlari o‘zida chuqur ma’no va qadriyatni ifodalaydi.

Darhaqiqat, bir jamiyatning taraqqiyoti faqat moddiy yutuqlarga emas, balki uning ma’naviy boyligiga ham bog‘liqdir.

Iqtisodiyot va ma’naviyat – insonlarning hayot sifatini belgilovchi ikkita asosiy omil bo‘lib, ular bir-birini to‘ldiradi.

Ma’naviyatning ustuvorligi iqtisodiyotni barqaror qiladi. Ma’naviy yetuklik jamiyat a’zolarining mehnatsevarligi, halolligi, o‘zaro hurmat va birdamlik kabi sifatlarni shakllantirib, umumiy rivojlanishga xizmat qiladi.

Bu esa iqtisodiy barqarorlik va mustahkam asosga ega bo‘lishga yordam beradi. Shu sababli, jamiyatda iqtisodiy muvaffaqiyatlarga erishish uchun ma’naviyatni rivojlantirish muhim hisoblanadi.

Prezidentimizning bu so‘zlari, ayniqsa, hozirgi davrda xalqimiz uchun katta yo‘l-yo‘riqdir. Iqtisodiy yutuqlarga erishish, xalq farovonligini oshirish yo‘lida ma’naviy qadriyatlarimizni e’zozlab, ularni yosh avlod ongiga singdirish orqali barqaror va mustahkam kelajak sari olg‘a borishimiz mumkin.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025 yilni Alisher Navoiy yili deb e’lon qilish tashabbusi xalqimizning buyuk shoir va mutafakkirga bo‘lgan chuqur hurmatini ifodalaydi.

Navoiy yili doirasida "Hazrat Navoiyni anglash — o‘zligimizni anglash" shiori ostida o‘tkaziladigan respublika tanlovi Prezident sovg‘asi uchun tashkil etilishi quvonchli albatta.

Ushbu tanlov yoshlarimiz va keng jamoatchilik orasida Navoiyning boy merosini o‘rganish va anglashga xizmat qilishi shubhasiz.

Alisher Navoiy yili doirasida o‘tkaziladigan barcha tadbirlar mamlakatimizning ma’naviy hayotini boyitib, xalqimizning o‘zligiga, qadimiy merosimizga bo‘lgan hurmat va mehrni yanada oshirishiga ishonaman.

 

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Uchquduq tuman bo‘linmasi rahbari J.Bulekbayeva

 

O'qilgan: 152 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: