LOTIN-КИРИЛЛ

 HAM SAVOB HAM IBRAT BO‘LGULIK

     Ehson qiluvchilarga oxiratda xavf bo‘lmas!  Bet tepasiga

   Alloh taolo bergan barcha narsalar bizga omonat sanaladi. O‘zimiz ishlab topdik, deb hisoblaydigan molu boyliklarimizdan tortib urib turgan yuragimizgacha. Shunday ekan muqaddas dinimizda musulmon kishi xayru ehson va sadaqa qilishda peshqadam bo‘lishga harakat qilishi kerak, deya eslatib o‘tiladi. Zyero, ehson evaziga bitta emas, balki yetti yuz va undan ortiq savob berilishi mumkinligi haqida bildirilgani bejizga emas. Yana  “Suygan narsalaringizdan ehson qilmaguningizgacha sira yaxshilikka (jannatga) erisha olmaysizlar. Nimaniki ehson qilsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir”, deya ta’kidlangan so‘zlar ham insonni savobli ishlarga undashi shubhasiz.

     Maqolamiz ko‘ngil amriga quloq tutib yaxshilikka qo‘l urgan tumandoshimiz haqida bo‘ladi.

Ish yuzasidan 3-maktab direktori Olimjon Xasanov bilan qo‘ng‘iroqlashib qoldim. Maktabda kapital ta’mirlash ishlari borayotganligi xususida aytib, maktab uchun 20 mln. pul mablag‘i bilan homiylik qilgan saxovatpesha inson haqida yozmaysizmi, deya taklif berdi. Xursand bo‘ldim yaxshilarning yaxshiligini el bilishiga hissam qo‘shilishidan quvondim, albatta.

Keyin Olim akadan bu pulni nimaga sarflaysiz, deb so‘radim?! Rosti bu pulni umumiy narsalarga remont uchun emas aynan aniq jihoz uchun sarflanishi xohladim. Maktab direktoridan: “Jalyuza sotib olamiz”, degan javobni eshitib,  mamnunligim yana ortdi. Axir, quyosh nurlaridan bolajonlarni to‘sib turadigan bu jalyuzilar ortidan Ilyos akaga qancha savob yoziladi. Ha, qahramonimizning ismi Ilyos SHKB ga qarashli avtomobil transport boshqarmasida haydovchi bo‘lib ishlaydi.

      Mirzayev Ilyos Amonovich oilasida 4 nafar o‘g‘il-qiz kamol topmoqda. Garchand o‘zi Navbahorda tug‘ilgan bo‘lsada, taqdir charxpalagi u kishini Uchquduq tomonlarga yetaklab kelgan.  Ilyos aka: “Farzandlaringiz 3-maktabda o‘qiydimi?”, deya bergan savolimizga olgan javobim hayratimni yanada oshirdi.

-Uchquduqqa ilk kelgan vaqtlarimda “Geologlar” ko‘chasida yashaganmiz. O‘g‘lim 3-maktabda tashkil qilingan karate sport seksiyasiga qatnardi. Mashg‘ulotlarga onasi yoki men olib borardik xullas, kunning ikkinchi yarmida vaqtimiz shu maktab atrofida o‘tardi. Avval boshdan bu maktabga mehrim tushgan. Millat bolalari o‘qiyotgan bu dargohda ustozlar ulashayotgan bilim savobiga sherik bo‘lish imkoni tug‘ildi. Bundan foydalandim, savob uchun kartamda bor mablag‘ni maktab hisob-raqamiga o‘tkazib berdim. Bugun meni shu savobga qodir qilgan Allohimga shukrona keltiraman, -deydi Ilyos Mirzayev.  

     Uzoq tortishuvdan keyin rasmga tushishga ko‘ngan qahramonimizning yaxshi niyatlar bilan farzandlari va oilasi daromadidan orttirib qilgan yaxshiligi ehsonidan siz azizlarni ham xabardor qilishni istadik. Ilyos akadek oddiy kamtarin saxovatpesha tumandoshlarimiz safi kengayadi, degan yaxshi gumondamiz!

Alloh taolo barchamizni ehson qiluvchi, saxiy va ko‘pchilikka yordami tegadigan kishilardan bo‘lishimizni nasib etsin! Ehsonning ma’nosi yaxshilik qilishdir. Zero, ezgu ishlarga sarf qilingan ehson ortidan yaxshiliklar yog‘ilaveradi.

O'qilgan: 165 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: