LOTIN-КИРИЛЛ

"Uchquduq" ishlab chiqarish maydonida davra suhbati

    "Uchquduq" ishlab chiqarish maydoni faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi qonunning mazmun mohiyati, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uni oldini olishga oid davra suhbati o‘tkazildi.

   Davra suhbatiga Uchquduq tuman IIB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari B.Q.Fattoev, Navoiy viloyat IIB NKMK IIB tezkor qidiruv xizmati tezkor vakili U.E.Hazratov, Uchquduq tuman IIB YHXB boshlig‘i I.I.Axmedov, "Uchquduq" IChM ishlab chiqarish boshlig‘i F.A.Bozorov, "Uchquduq" IChM tartibot xizmati boshlig‘i O‘O‘Asadov, "Uchquduq" IChM yuriskonsulti R.R.Xalilov va "Uchquduq" IChMga qarashli "Uchquduq" GTK va SKIChS yoshlari va ishchi-xodimlari ishtirok etishdi.

  Har bir xodim korxonaning mol-mulkini asrab avaylash, talon-toroj qilinishini oldini olishga ma'sul ekanligini, jinoyat ishlari bo‘yicha sudining qarori asosida xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi bo‘yicha BKUQga taqdimnoma kiritilishi, chunonchi, "Navoiyuran" DKda amal qiluvchi ichki mehnat tartib qoidalarining tegishli bandlariga asosan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga asos bo‘lishi mumkinligi aytib o‘tildi. Shuningdek, jamiyatda kiber jinoyatchilikning soni tobora oshib borayotganligini, fuqarolarning shaxsiy uyali aloqa apparatlariga turli xil firibgarlar tomonidan xabarlar yuborib, aldovlar evaziga ularning plastik karta raqamlarini qo‘lga kiritish oqibatida plastik kartalarda mavjub bo‘lgan pul mablag‘lari olib qo‘yilayotganligini, xar bir fuqaro jinoyatchilikni oldini olishga faol qatnashishi lozimligini, chunki jinoyat sodir etilishini oldini olish samarali chora ekanligini haqida ma'lumot berildi.

    Bundan tashqari o'tkazilgan yig'ilish natijalariga ko'ra "Uchquduq" IChMda 2024 yil davomida jinoyatchilikni oldini olish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda targ'ibot va tashviqot ishlari muntazam ravishda olib borilishi to'g'risida qaror qabul qilindi.

O'qilgan: 198 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: