3-iyun kuni to‘rtta sayyora — Venera, Mars, Yupiter va Merkuriy osmonda bir safga tiziladi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
To‘rtta sayyora bir-biriga yaqin bo‘lgan “sayyoralar paradi” har 20 yilda bir marta sodir bo‘ladi. Moskva Planetariysi rasmiysi Lyudmila Koshman bu hodisani kunduzi Yer aholisi kuzata olmasligini aytmoqda.
3-iyun, dushanba kuni to‘rtta sayyora Quyosh yaqinida 20-30 darajali sektorda bo‘ladi...Bu har 20 yilda sodir bo‘ladi, — dedi Koshman.
Shu kuni ertalab barcha yetti sayyora Quyoshning bir tomonida taxminan 90 daraja sektorda quyidagi tartibda joylashadi: Quyosh, Venera, Yupiter, Merkuriy, Uran, keyin Mars, Neptun va Saturn. Mazkur sayyoralardan faqat Saturn qisqa vaqt ichida ko‘rinadi. Uni quyosh chiqishidan oldin kuzatish mumkin.
Qolgan sayyoralar quyoshning yorqin ertalabki nurlarida ‘eriydi’, shuning uchun bu ko‘rinmas sayyoralar paradidir, — deydi olim
An’anaviy sayyoralar paradi 20-30 darajali sektorda to‘rtta emas, balki besh yoki undan ko‘p sayyoralarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun, 3-iyun kungi noyob hodisa sayyoralarning ko‘rinmas “kichik paradi”ga tegishlidir.