Adliya vazirligi qanday hollarda signal chalish mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda Huquqiy axborot kanalida ma’lum qilindi. Qonunchilikka ko‘ra, tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin:
Aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o‘tish haqida ogohlantirish uchun;
zarur bo‘lgan hollarda yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun.
Yuqorida ko‘rsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi.
Shuningdek, tovush signalini sababsiz berish, transportlarga uni ishlab chiqargan korxona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalarni o‘rnatish, xuddi shuningdek ularni o‘zgartirib o‘rnatish, BHMning 1 baravari (340 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.