Bu haqda ma’lumot berishdan oldin alohida ta’kidlash kerakki, Ramazon Hayitining birinchi kuni hozircha aniq emas. Shariat qoidalari bo‘yicha, Hayit kuni yangi oy ko‘rinishiga qarab belgilanadi. Shu sababli ushbu postda aytilgan ma’lumotlarni «Hayit kuni aniq bo‘ldi» deb talqin qilinmasligini so‘rayman.
Hozirgi rejaga ko‘ra, Ramazon Hayitida ketma-ket 3 kun dam olish kuni bo‘lishi kutilmoqda. Bular:
? 10 aprel, chorshanba — Ramazon Hayiti kuni;
? 11 aprel, payshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
? 12 aprel, juma — 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13 aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;
? 13 aprel, shanba — barcha uchun ISH KUNI;
? 14 aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.
? Sharh:
Ramazon oyining 30-kuni 9 aprel, seshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Demak, agar yangi oy ko‘rinishi o‘zgarmasa, unda Ramazon Hayiti 10 aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Prezident farmoniga ko‘ra, 11 aprel, payshanba kuni barcha xodimlarga qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan. 12 aprel, juma kuni esa 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga esa 13 aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni bo‘ladi.
Demak, 13 aprel, shanba kuni barcha xodimlarga, 6 kunliklarga ham, 5 kunliklarga ham ISH KUNI bo‘ladi.
Agar mabodo yangi oy ko‘rinishi hozirgi taqvimdan farq qilib qolsa, unda dam olish kunlariga ham o‘zgarish kiritilishi mumkin.
? Izoh: qo‘shimcha dam olish kunlari 2023 yil 22 dekabrdagi PF-213-sonli Prezident farmoni asosida belgilangan.