Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Qahramon Rajabovning navbatdagi xizmat safari viloyatimizning eng olis hududlari Uchquduq, Tomdi tumanlari va Zarafshon shahrida bo‘lib o‘tdi.
Dastlabki manzil Uchquduq tumani bo'ldi...
Jarayonda boshqarma rahbariyati "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning manzilliligi hamda samaradorligi tahlil etildi. Markaz binosining jihozlanishi va moslashtirilganlik holati ham o‘rganildi.
Jumladan, Uchquduq tuman “Inson” markazi operatorlariga 55 murojaat kelib tushib, shundan 31 tasi ijobiy hal etildi. Umuman olganda xodimlar tomonidan 63 ta keys ochilgan bo‘lib, 15 tasi fuqarolarning ijtimoiylashuvi ta’minlangandan so‘ng yopilgan. Jarayondagi 48 ta keys bo‘yicha ham ijtimoiy xizmatlar orqali murojaatlarni hal etish choralari ko‘rilmoqda.
Xususan, "Yo‘lchilar" mahallasida istiqomat qiluvchi Sh.Nasvaliyevaning 6 nafar farzandi bor. Markaz xodimlari tomonidan oilaning ijtimoiy ahvoli o‘rgandan so‘ng bolalar nafaqasi tayinlandi. Bundan tashqari mol-mulklarni rasmiylashtirishda va farzandiga pasportini olishda huquqiy yordam ko'rsatildi. Natijada oilaning yashash sharoitlari yaxshilandi.
Shuningdek, Uchquduq tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari tomonidan joriy yilda 39 nafar voyaga yetmagan bolalarga vasiy va homiy tayinlangan, 16 nafar fuqarolar reabilitatsiya texnik vositalari va protez-ortopediya mahsulotlari bilan ta’minlangan bo‘lsa, 14 nafar fuqarolarga viloyat Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markaziga yo’llanmalar berilgan. Hozirda markaz tomonidan 16 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarni bandligi ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.