LOTIN-КИРИЛЛ

AVVAL AMALIYOTCHI, KEYIN XODIM

      Ma’lumki, ta’lim, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiya jarayonini chuqurlashtirish ishlab chiqarish sanoati uchun ijobiy natijalar beradi. Ana shu maqsadda Shimoliy kon boshqarmasida iqtisodiyotning turli jabhalari uchun malakali mutaxassislar tayyorlab berayotgan ta’lim muassasalari bilan hamkorlik keng yo‘lga qo‘yilgan.
Ana shulardan biri Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Uchquduq sanoat texnikumidir. Bu yerda ta’lim olayotgan yoshlarning ko‘pchiligini korxona o‘zining asosiy mahalliy ishchi-xodimlari sifatida qaraydi. O‘quv dargohidagi pedagog va ishlab chiqarish ustalari qatori SHKB da faoliyat yuritayotgan sohaning yetuk mutaxassislari o‘z ixtisosliklari bo‘yicha o‘quvchi yoshlarga dars va o‘quv amaliyotlarini o‘tishadi. O‘z o‘rnida o‘quvchilar ham korxonanaing turli bo‘linmalarida o‘z kasb va mutaxassisliklari bo‘yicha ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyoti o‘taydilar.
      Aniq raqamlar bilan aytadigan bo‘lsak, hozirda 100 nafardan ortiq bitiruvchi yoshlar Shimoliy kon boshqarmasi tasarrufidagi korxona va tashkilotlarda diplom oldi amaliyotida bo‘lib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqdalar.
    - Talabalarning mamlakatdagi ixtisoslashgan korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashi albatta ularga o‘z ishi, hayotidagi muhim bosqichga qadam qo‘yish va professional faoliyatini boshlash imkonini beradi, - deydi Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Uchquduq sanoat texnikumi direktori Sherzod Nazarov. –Aslida iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda o‘qitishning amaliy tavsifi mehnat bozorida yoshlar raqobatbardoshligini oshirishning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. Ta’lim muassasalari bilan korxonalarning integrasion aloqalari jarayonida iqtidorli talabalarni tanlab olish ular o‘qishni tugatganidan so‘ng ishga qabul qilishga imkon beradi. Bugun texnikumda 13 ta mutaxassislik bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. Dual ta’limi esa biz uchun shu o‘quv yilidan yangilik bo‘ldi. Olis Uchquduq tumani talabalari uchun eng katta ish beruvchi “NKMK” AJ Shimoliy kon boshqarmasi hisoblanadi. O‘tgan ikki yilda texnikumning 90 nafardan ortiq bitiruvchisi aynan shu yerga ishga qabul qilingani ta’lim muassasasi bilan korxonaning integrasion aloqasi samarali yo‘lga qo‘yilganidan dalolat beradi.
     Doston Hamroyev ham Uchquduq sanoat texnikumini bitirib korxonaga tokar bo‘lib ishga qabul qilingan. Ustozlar o‘giti, o‘zidagi izlanish va harakat tufayli mana ikki yildirki kon jihozlarini ta’mirlash syexida usta lavozimda faoliyat yuritadi. Bugun uning atrofida o‘zi o‘qigan ta’lim muassasidan kelgan yoshlar kasb sirlarini o‘rganishmoqda.
-Korxonaga ishga qabul qilinayotgan ishchi-xodimlarning malakasini oshirish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladigan “Ustoz-shogird” an’anasi uzoq yillardan beri davom ettirilayotganini e’tirof etish o‘rinli. Bu esa yosh mutaxassislarning o‘z ish joyida qo‘nim topib ishlashida muhimi bilim va malakasini yanada oshirishda qo‘l kelmoqda, -deydi Doston Hamroyev.

Laylo KARIMOVA

O'qilgan: 302 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: