LOTIN-КИРИЛЛ

UCHQUDUQ TUMAN SANITARIYA EPIDEMIOLOGIYA VA JAMOAT SALOMATLIGI BO‘LIMI OGOHLANTIRADI!!! FARZANDLARIMIZNI VIRUSLI GEPATIT "A" KASALLIGIDAN SAQLAYLIK!

   Sariq kasalligi deb nom olgan virusli gepatit kasalligi yuqumli bo‘lib, ularning bir necha turlari mavjud. Virusli gepatitning A va E turlari odamga og‘iz orqali yuqadi va ko‘proq bolalarda uchraydi. Kasallikka ko‘p hollarda:
• qo‘llarni sovunlab yuvmasdan ovqatlanish;
• meva-sabzavotlarni yuvmasdan iste’mol qilish;
• suvni qaynatmay ichish;
• ruxsat etilmagan ochiq suv havzalari, ayniqsa turib qolgan suvlarda cho‘milish;
• iste’molga tayyor oziq-ovqat mahsulotlarga pashshalarning o‘tirishi sabab bo‘ladi
     Kasallikning yuqish хavfi
Gepatitning yuqish xavfi kasallikning yashirin, boshlang‘ich davrlari va sariqlik belgilarisiz kechadigan turlarida yuqori bo‘ladi. Bunda bemor o‘zi bilmagan holda oila a’zolari va yaqinlariga kasallikni yuqtirishi mumkin. Bemor foydalangan idishlar, choyshab, yostiq jildi, kiyim-kechak, o‘yinchoq, so‘rg‘ich, hojatxona anjomlari va bemordan qolgan ovqat qoldiqlari virus bilan zararlangan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun idishlarni maxsus yuvish vositalari yordamida yuvishga odatlaning. Pol, eshik tutqichlari va ishlatilishiga qarab boshqa buyumlarni, muntazam zararsizlantiruvchi vositalar bilan artib turing.

     Kasallik belgilari quyidagilar bilan namoyon bo‘ladi:
• darmon qurishi, uyquchanlik;
• ishtahaning yo‘qolishi, ko‘ngilning aynib turishi (ayniqsa yog‘ hidlariga nisbatan),
• ba’zida ovqatlangandan keyin qusish;
• haroratning ko‘tarilishi;
• ba’zan burunning bitishi, oqishi, bosh og‘rishi (grippga o‘xshash);
• ko‘z oqi va pastki qovoq shilliq pardasi, tirnoq va terining sarg‘ayishi;
• peshobning qizarishi (me’yorda peshob sarg‘ish bo‘ladi);
• najasning oqarishi (rangsizlanishi)
Yuqoridagi belgilarning birontasi kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat eting.
Virusli gepatit asoratlari bilan xavflidir.
Kasallikning belgilariga befarqlik bilan qarash, uning uzoq davom etishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Vaqtida zarur choralarning ko‘rilmasligi esa jigar yetishmovchiligi, jigar sirrozi kabi og‘ir asoratlarni yuzaga keltirishi bilan xavflidir.
Salomatlikning oltin qoidasiga rioya etish kasallikni oldini olish demakdir.
• Muntazam jismoniy tarbiya bilan shug‘ullaning.
• Kuniga kamida 7-8 soat uxlang.
• O‘z vaqtida ovqatlaning.
• Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qiling.
Bu tanangizni chiniqtirib, baquvvatlashtiradi, kasallikka qarshi kurashuvchanligini oshiradi.
Esda tuting!
• Ovqatlanishdan oldin va hojatdan so‘ng qo‘llarni sovunlab yuving.
• Meva va sabzavotlarni toza suvda yuvib, iste’mol qiling.
• Suvni qaynatib ichishga odatlaning.
• Bolalarda qo‘l, o‘yinchoq va boshqa turli narsalarni og‘izga solish, tirnoqlarni tishlash kabi odatlarni shakllanishiga yo‘l qo‘ymang.
• Pashshalarni ko‘payishiga yo‘l qo‘ymang.
• Bolalarni turib qolgan ochiq suv havzalarida cho‘milishiga yo‘l qo‘ymang.
• Oziq-ovqat mahsulotlari va iste’mol qilinadigan suvni ochiq qoldirmang.
• Gepatit "A" kasalligiga qarshi emlash eng samarali usuldir.

Har bir ota va ona farzand salomatligi uchun mas’ul ekanligini unutmasligi lozim!
Infeksiyani asosiy yuqish omillaridan biri maishiy-muloqot hisoblanadi.
Кasallik qayd etilgan o‘choqlarda mutaxassislar tomonidan zararsizlantirish tadbirlari o‘tkazib kelinadi. Kasallikka chalinishni oldini olish maqsadida bolalarni virusli gepatit "A" kasalligiga qarshi emlash muhimdir.

O'qilgan: 236 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: