“O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida”gi O'RQ-853-son Qonuni qabul qilingan.“O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida”gi O'RQ-853-son Qonuni qabul qilingan.
Qonun bilan bayroq va uning tasviri tushirilgan belgilardan quyidagilarda foydalanilishga ruxsat berildi:
⦁ jamoat joylarida, binolar va boshqa ob'ektlarda, yashash yoki ish joylarida, shuningdek ularga tutash bo'lgan hududlarda, transport vositalarining salonida;
⦁ sport musobaqalarida, ommaviy, tantanali va madaniy tadbirlarda, oilaviy bayramlarda, xotira sanalarini nishonlashda, jamiyat va davlat arboblarining, harbiy xizmatchilarning dafn marosimlarida;
⦁ xalqaro sport musobaqalari hamda O'zbekiston chempionatlari uchun sport kiyim-boshini tayyorlashda.
Shuningdek, hujjat bilan bayroqqa nisbatan hurmatsiz munosabatda bo'lish hollari belgilandi:
⦁ bayroqdan va uning tasviri tushirilgan belgilardan yirtilgan, ifloslangan, teshilgan, rangi o'chgan holda va boshqa noma'qul tarzda, biror-bir narsa uchun ustki yoping'ich, kiyim, dastro'mol yoki ko'rpa-to'shak sifatida, shuningdek buyumlarni saqlash va tashish uchun foydalanish;
⦁ bayroqni stollarga, o'rindiqlarga, stullarga to'shash yoki uning tasvirini tushirish va undan qoplama sifatida foydalanish, shuningdek uni o'tiriladigan boshqa joylarga yoki oyoq ostiga to'shash yoki uning tasvirini tushirish;
⦁ bayroqdan va uning tasviri tushirilgan belgilardan odob-axloq qoidalari va jamiyatda yurish-turish qoidalariga zid ravishda foydalanish.
Davlat bayrog‘idan va uning tasviri tushirilgan belgilardan belgilangan talablarga muvofiq foydalanish uchun masʼuliyat bayroqdan foydalanadigan jismoniy va yuridik shaxslar, davlat organlari zimmasiga yuklatiladi.
Uchquduq tuman Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti
Shodiyeva Nafisa Minboy qizi