LOTIN-КИРИЛЛ

YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORMISIZ, YOLLANMA ISHCHILARNI JALB ETISHNING QONUNIY ASOSLARINI O`RGANAMIZ

               Bugun iqtisodiyotimizda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati alohida o‘rin tutadi. Hozirda mamlakatimizda biznesning ana shu shaklida ish yuritayotganlar soni ko`pchilikni  tashkil etadi. Qayd etish zarurki, yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan aholining barcha qatlamlari, xususan, ayollar va yoshlar ham bemalol shug`ullanib, o`zlariga munosib mehnat bilan doimiy band bo`lishlari mumkin. Mazkur yo`nalishda ish bilan band bo`lgan aholining huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida qonun hujjatlari takomillashtirilmoqda. Xususan, yangi tahrirdagi mehnat kodeksining 29-bobi  Mikrofirmalarda va ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxslarda ishlovchi shaxslar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlariga bag`ishlangan.Umumiy qoidaga ko`ra, davlat ro`yxatidan o`tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bank hisobvarag`ini ochganidan keyin yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat turiga qarab O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorda yollanma xodimlar mehnatidan foydalanishga haqli.   Mehnat munosabatlari qanday tartibda rasmiylashtiriladi? Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan ishga qabul qilinayotgan shaxs bilan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar yuzaga kelishiga yozma shaklda tuziladigan mehnat shartnomasi asos bo‘ladi. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan ishga qabul qilinayotgan xodim bilan nomuayyan muddatga mehnat shartnomasi yoki muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin. Bunda mehnat shartnomasining muddati yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnomaning amal qilish muddatidan oshmasligi kerak.

           Namunaviy shakldagi mehnat shartnomasi 3 nusxada tuziladi, ulardan biri yakka tartibdagi tadbirkorda qoladi, ikkinchisi yollanma xodimga beriladi, uchinchisi esa Davlat soliq xizmati  organiga taqdim etiladi.Yollanma xodimlarni ishga qabul qilish buyruq e’lon qilmasdan amalga oshiriladi va mehnat daftarchalari yuritilmaydi. Yakka tartibdagi tadbirkorda yollanib ishlash davrlari, basharti ijtimoiy soliq to`lansa, xodimning mehnat stajiga qo`shib hisoblanadi. Xodimning mehnat stajini hisobga olish ijtimoiy soliq to`lash to`g`risidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. Mehnat munosabatlari qanday tugatiladi?Xodim yakka tartibdagi tadbirkor bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ushbu tadbirkorni yetti kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirgan holda o‘z tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga haqli.

                  Yakka tartibdagi tadbirkor xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda yakka tartibdagi tadbirkorning soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organini mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay yozma shaklda xabardor qilishi shart.Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati to`xtatib turilgan hollarda xodimning o`rtacha ish haqi ikki hafta davomida saqlanib qoladi. Ushbu muddat tugaganidan keyin yakka tartibdagi tadbirkor o`z faoliyati to`xtatib turilishi munosabati bilan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini xodimga ushbu shartnomada nazarda tutilgan miqdorda, lekin xodimning ikki haftalik o‘rtacha ish haqidan kam bo`lmagan miqdorda kompensatsiya to`lagan holda bekor qilishga haqli. Mazkur miqdordagi pulli kompensatsiya yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyatining bir haftadan ortiq davom etgan to`xtatib turilishi davrida, xodim mehnat shartnomasini o`z tashabbusiga ko`ra bekor qilgan taqdirda ham to`lanadi.       

 

                                                                                               Uchquduq tuman adliya bo`limi  

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshlig`i 

Rustamova Dildora Botirovna

O'qilgan: 489 bora O'zgartirish kiritilgan san'a 10 Jul 2023

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: