LOTIN-КИРИЛЛ

Maktab yoshidagi bolalalarning sog‘lom o‘sishi va aqliy rivojlanishi uchun ularning to‘g‘ri ovqatlanishini yo‘lga qo‘yish muhum ahamiyatga ega Featured

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27 son Farmoni hamda ushbu Farmon bilan tasdiqlangan 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistoning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 165 bandida ko‘rsatilgan Respublikaning barcha umumta’lim maktablarida sog‘lom ovqatlanish tizimini amalga oshirish. 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab  birinchi-to‘rtinchi sinf o‘quvchilarini  bepul ovqat bilan ta’minlashni tashkil etish rejalashtirilgan. 

          Bunda, ovqat turlari o‘quvchilarning yoshi va sog‘lig‘i holatiga ko‘ra me’yorlangan holda yetkazib berilishi hamda sanitariya talablariga javob berishini ta’minlash. 

          Maktab yoshidagi bolalalarning sog‘lom o‘sishi va aqliy rivojlanishi uchun ularning to‘g‘ri ovqatlanishini yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega.

Bolaning har tomonlama sog‘lom ulg‘ayishida eng avvalo uning to‘g‘ri ovqatlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, me’da-ichak kasalliklarining yuzaga kelish xavfi bolaning 6-7 yoshida bir muncha yuqori sanaladi. 

         Maktab yoshidagi bola organizmi uchun sabzavotlar tarkibidagi kletchatka, mevalar tarkibidagi mavjud bo‘lgan vitaminlar va makroelementlar, go‘sht mahsulotlaridagi oqsil, baliqdagi juda mo‘l bo‘lgan fosfor, sut mahsulotlarida mavjud kalsiy juda zarur hisoblanadi.  

         Qayd etilishicha, maktab yoshida kundalik taomlanish shunday taqsimlanadiki, bunda tushlik hajmi jihatdan ko‘proq va quvvat qiymati yuqoriroq bo‘ladi. Bolalarda nonushta asosan sabzavotli salatlar va issiq ovqatdan iborat bo‘lmog‘i lozim. Bunda bolaga tortiq qilinadigan taomnoma bo‘tqa, kartoshka va sabzavotli aralashmalar, qaynatilgan tuxum, tvorog, sut, sutli qahva, sutli kakaodan iborat bo‘lishi foydali.  

 


 

O'qilgan: 504 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: