LOTIN-КИРИЛЛ

Ehtiyot bo‘ling Qirim-Kongo gemorragik isitmasi!

    “Qrim-Kongo gemorragik isitmasi” tamanning deyarli barcha qismida qon quyilishlar hamda yuqori xarorat bilan, og‘ir kechuvchi, davolash muolajalari o‘z vaqtida boshlanmasa o‘lim bilan yakunlanuvchi yuqumli kasallik hisoblanadi.

     Kasallik qo‘zg‘atuvchilari tabiatda odamlar faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan holda uzoq yillar saqlanishi kasallikning tabiiy o‘chog‘i deb ataladi. Tabiiy o‘choqda ushbu hududda yashovchi yovvoyi hayvonlar–cho‘l sichqonlari, tipratikonlar, yumronqoziqlar, quyon, bo‘ri, tulki, chiyabo‘ri kabilar kanalarning yil davomida yashab ko‘payishiga imkon yaratadi, kanalar esa o‘z navbatida tanasida kasallik qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan viruslarni saqlaydi.

    Tabiiy o‘choqlar mavjud bo‘lgan hududlarga chorva mollarni boqish, oziqa jamg‘arish, dam olish uchun yoki ekspeditsiyalarga kelgan odamlar kana chaqishi natijasida kasallikga chalinishi, kanalarni o‘zlari bilan birga olib ketishi mumkun. Shuningdek kanalar ushbu hududlarda boqilgan chorva hayvonlari bilan birga ham olib ketiladi. Uy hayvonlarini parvarishlash, ozuqa berish, sog‘ish, junini qirqish jarayonida kanalar hayvonlar tanasidan odamlarga o‘tib kasallikni yuqtirish holatlari ro‘y berishi, yoki hayvonlar tanasidagi kanalarni yulish, kesish yo‘li bilan olib tashlaganda qon sachrashi natijasida odamlar kasallikni yuqtirib olishlari mumkin.

    Kasallik mavsumiy bo‘lib, bu kasallikning asosiy tashuvchilari bo‘lgan kanalar kunlik harorat 10 daraja va undan yuqori ko‘tarilganda faollashib ozuqa manbaasi issiq qonli hayvonlar yoki odamlarga hamla qilishi bilan bog‘liq va asosan baxor yoz mavsumlarida qayd etiladi.   

   Kasallikning yashirin davri o‘rtacha 4-6 kunni tashkil etadi. Kasallik tana xaroratinig keskin ko‘tarilishi (39-40 darajaga), bosh og‘rig‘i, mushaklarda, qorin va bel sohasida og‘riqlar paydo bo‘lishi bilan boshlanadi. Bemorning ishtahasi yo‘qoladi, darmoni quriydi, kungli aynib qusadi, ichi suyuq o‘tadi, yuzi va shilliq pardalarning qizarishi kuzatiladi.

    Ozroq vaqt (bir necha soat yoki kun) o‘tgandan so‘ning tana harorati tushadi va odam xuddi sog‘aygandek tuyuladi, lekin sal o‘tmasdan kasallikning ikkinchi –gemorragik davri boshlanadi. Bunda burindan qon ketishi, terida nuqtasimon quyilishlar, ukol qilingan joylarda qon quyilishlar kuzatiladi. Qon quyilishi ichki a’zolardat (oshqozon–ichak, bachodon) ro‘y berishi mumkun. Kasal odam ajratmalarida (qon, kusishmoddalari, siydigi, va boshqalar) ko‘plab kasallik viruslari bo‘lib, atrofagilarga katta havf tug‘diradi. Ko‘p qon yo‘qotish natijasida bemorning ahvoli og‘irlashib, yurak-qon tomir etishmovchiligi va boshqa organlar faoliyati chuqur buzulishi ro‘y beradi, o‘z vaqtida tibbiyot muassasasiga murojaat qilmasa bemor halok bo‘lishi mumkin.

    Bemorni uyida davolash mumkin emas, davolash faqat maxsus statsionarlarda o‘tkaziladi, kasallikni uyda davolash bemor hayotiga va atrofdagilarga katta havf tug‘diradi. Kasallik barvaqt aniqlansa va tegishli davo choralari o‘z vaqtida o‘tkazilsa bemorlar to‘liq sog‘ayib ketadi.

Kasallikni yuqtirmaslik uchun quyidagi qoidalarga qat’iy amal qilish lozim: 

-birinchi navbatda kanadan himoyalanish choralarini ko‘rish, cho‘l hududlarga chiqqanda vaqtin-vaqtin o‘zingizning, hamroxingizning ustini ko‘zdan kechirib kana bor yo‘qligini aniklab turish, kana kirmasligi uchun imkon darajasida oyoqqa etik keyish, shimning poychasini paypoq ichiga tiqib yurish;

-dorixonalarda mavjud bo‘lgan, kanalarni yaqinlashtirmaydigan maxsus priparatlardan foydalanish;

-chorva va uy hayvonlariga kana yopishganligini aniqlangan hollarda uni qo‘l bilan olib tashlashga yoki qaychi bilan kesishga harakat qilmasdan darxol veterinariya mutaxassisiga murojat qilish va uning maslahat va ko‘rsatmalarini bajarish;

-kana darhol chaqmaydi, odam tanasiga o‘tib olgandan keyin o‘ziga qulay issiq va pana joy (qo‘ltiq osti, chatan va boshqa) qidiradi bu vaqtda uni payqab qolsangiz darhol tibbiyot hodimlariga murojaat qiling, yaqin joyda tibbiyot maskani bo‘lmasa imkoni boricha kanani pensit yordamida, rezina qo‘lqop bilan olib tashlash kerak, agar kana tanaga yopishgan bo‘lsa uni yulib olmasdan, kananing ustiga kamfora yog‘i, agar u yuq bo‘lsa oddiy o‘simlik yog‘ini tomissangiz kana o‘zi so‘rg‘ichini tanadan chiqaradi, keyin uni osongina pensit yoki rezina qo‘lqop bilan olib tashlash mumkin;

maxsus vositalar yordamida kanalarga qarshi ishlov berilmagan qishloq xo‘jalik hayvonlarni junini qirqmaslik;

chorvachilik fermer xo‘jaliklari qirqimga jalb qilingan ishchilarni to‘liq maxsus kiyim (etik, kambenzon,qo‘lqop) bilan ta’minlashi, ishchilar shaxsiy gigiena qoidalariga qatiy rioya qilishlari;

veterinariya hodimlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilib, sog‘lomligi haqida xulosa berilmagan xayvonlarni so‘ymaslik;

mavjud va sotib olinganchorva va uy hayvonlarini o‘z vaqtida yaqin veterinariya muassasalarida ro‘yxatga qo‘yish, ularni muntazzam ravishda veterinariya ko‘rigidan o‘tkazib, kanalarga qarshi ishlov berilishini ta’minlash;

sichqonlar va boshqa kemiruvchilar ko‘payishiga, axlat va go‘ng yig‘ilib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, kanalarga qarshi dezenfiksiya tadbirlarini o‘tkazib borish.

    Xurmatli hamyurtlar! O‘z sog‘ligingizga befarq bo‘lmang! Yuqorida qayd etilgan qoidalarga qat’iy amal qiling, o‘zingizning va atrofingizdagi kishilarning sog‘ligini o‘ta havfli Qrim-Kongo gemorragik isitmasi kasalligidan muhofaza qilishga o‘z hissangizni qo‘shing!

Bo‘lim boshlig‘i R.Rizaqulov   


 

O'qilgan: 584 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: