LOTIN-КИРИЛЛ

Pensiya va nafaqaning farqi qanday?

    Jamiyatimizda aksariyat aholi vakillari pensiya va nafaqa tushunchalari bir ma'noli deb hisoblaydi yani pensiya bu nafaqa so'zining rus tili lug’ati tarjimasi deb xato o'ylashadi (aslida, nafaqa rus tiliga posobiye deb tarjima qilinadi). Bundan tashqari ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda ham foydalanuvchilar pensioner va nafaqaxor tushunchalarini sinonim sifatida noo'rin ishlatishadi.

   Xo'sh, bu ikki tushunchaning farqi nimada?

   O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni asosida, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qariganda, mehnat qobiliyatini yo’qotganda, boquvchisiz qolganda ijtimoiy ta’minlanishdan iborat konstitusiyaviy huquqlarini ro'yobga chiqarish, davlat pensiyalarining yagona tizimini, ularni tayinlash, hisoblab chiqarish qayta hisoblash va to’lash tartibini belgilab beradi. Qonunga asosan fuqarolar quyida keltirilgan turlari bo’yicha pensiya huquqi vujudga kelgan taqdirda murojaat qilish huquqlari kafolatlangan.

1. Yoshga doir pensiya.

2. Nogironlik pensiyasi.

3. Boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi.

 Yoshga doir pensiya olish huquqiga:

  erkaklar 60 yoshga to'lganda va ish stajlari kamida 25 yil bolgan taqdirda to'liq ish staji asosida, shuningdek kamida 7-yil ish staji mavjud bo'lganda to'liqsiz ish staji asosida ega bo'ladilar;

   ayollar 55 yoshga to'lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo'lgan taqdirda to'liq ish staji asosida, shuningdek kamida 7-yil ish staji mavjud bo'lganda to'liqsiz ish staji asosida ega bo'ladilar.

 Nogironlik pensiyalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxs deb topilgan shaxslarga tayinlanadi. Umumiy kasallik oqibatidagi nogironlik pensiyalari nogironlik boshlangan paytga qadar yoshiga nisbatdan talab qilingan ish staji asosida tayinlanadi. Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyalari ish stajidan qat'i nazar, tayinlanishi ko'zda tutilgan.

  Vafot etgan boquvchining qaramog'ida bo'lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a'zolari ham boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo'lib, pensiya tayinlashda marhum boquvchining vafoti sodir bo’lgan vaqtga nisbatan talab qilingan ish staji asosida ega bolishi ko'zda tutilgan. 

  Shuningdek, pensiya tayinlashda qonunchilikda belgilangan Ish stajiga ega bolmagan fuqarolar va ularning oilalari ushbu qonunga binoan davlat pensiyalari olish huquqiga ega emasligi ko'rsatib o'tilgan.

 Ularning ijtimoiy ta'minoti O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 apreldagi 107-son qarori bilan tasdiqlangan Pensiya tayinlash uchun zarur bolgan ish stajiga ega bo'lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to'lash tartibi to'g'risidagi nizom bilan tartibga solinadi.

 Mazkur Nizom bo'yicha nafaqalarning ham xuddi pensiya kabi 3 turi bor:

1. Yoshga doir nafaqa.

2. Nogironlik nafaqasi (bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslardan tashqari,).

3. Boquvchisini yo'qotganlik nafaqasi. 

    Yoshga doir nafaqa erkaklarga 65 yoshga yetganlarida; ayollarga 60 yoshga yetganlarida; bolalikdan nogironligi bo'lgan farzandi bor onalarga 55 yoshga yetganlarida tayinlanadi va tolanadi. 

 Nogironlik nafaqasi nogironlik sodir bolgan hollarda, yoshidan qati nazar, ish stajiga ega bolmagan I va II guruh nogironligi bolgan shaxslarga tayinlanadi va tolanadi. 

 Ish stajiga ega bolmagan boquvchining vafoti munosabati bilan qaramogida bolgan oilaning mehnatga layoqatsiz azolari boquvchisini yoqotganlik nafaqasi tayinlanadi va tolanadi. 

 Xulosa o'rnida, fuqarolarda belgilangan, ijtimoiy sug'urtalangan ish staji mavjud bo'lganda davlat pensiyalari tayinlanishi mumkin, yetarli ish stajiga ega bo'lmagan fuqarolarga esa amalda bo'lgan qonunchiliklar asosida nafaqa tayinlanishi ko'zda tutiladi. 

 Nafaqalar davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat qilinganida Pensiya jamg'armasining bo'limi tomonidan tayinlanadi va to'lanadi.

O'qilgan: 600 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: