Joriy yilning 28 dekabr kuni viloyat Ma'naviyat va ma'rifat markazida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar to'g'risida" gi PQ-5040 sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 2021 yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yakuniy hisobot yig'ilishi o'tkazildi. Yig'ilishda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirishdagi fidokorona mehnatlarini munosib rag'batlantirish maqsadida Navoiy viloyat ma'naviyat va ma'rifat bo'limi tomonidan tashkil etilgan "YILNING ENG NAMUNALI TUMAN, SHAHAR BO‘lINMASIi" tanlovi g'oliblari e'lon qilindi.
Tanlov g'oliblaridan Uchquduq tuman Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi rahbari Bulekbayeva Janagul Usenbayevna II DARAJALI DIPLOM bilan taqdirlandi.