LOTIN-КИРИЛЛ

ISLOHOTLAR AMALDA

   6-oktabr kuni Uchquduq tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan 30 dan ortiq tadbirkorlik obyektlarining (oziq-ovqat do‘koni, dorixona, qurilish mollari do‘koni, xo‘jalik mollari do‘koni, avtomobil ehtiyot qismlari do‘koni, go‘zallik saloni, telefon ta’mirlash ustaxonasi va h.k.lar) bino yuza qismidagi peshlavhalari va reklama va boshqa e'lon, axborot matnlarining davlat tili to‘g‘risidagi qonun talablariga qanchalik to‘g‘ri kelishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
   O‘rganish jarayonida 20 ga yaqin tadbirkorlarga ogohlantirish xatlari berildi hamda davlat tili borasidagi islohotlar yuzasidan tushuntirish, tashviqot-targ‘ibot ishlari olib borildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun tadbirkorlarga 3 kun muddat berildi.
    Shuningdek, islohotlarni o‘z vaqtida to‘g‘ri tushunib, o‘z savdo shoxobchasidagi tashqi yozuvlarni davlat tili to‘g‘risidagi qonun talablariga mos tarzda davlat tilida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida shakllantirgan tadbirkorlarga davlat tiliga hurmat namunasini ko‘rsatgani bois minnatdorchilik bildirildi.

Islomova Sojida
Uchquduq tumani hokimining maslahatchisi

O'qilgan: 566 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: