LOTIN-КИРИЛЛ

Bezgak kasalligidan ogoh bo'ling

Bezgak kasalligidan ogoh bo'ling

 

     Dunyo mamlakatlari  miqyosida kasalliklarni  oldini olish maqsadida  parazitar  kasalliklar  bo’yicha  epidemik  vaziyat  barqarorligini  ko’rsatmoqda. Jumladan,  aholi o’rtasida  bezgak kasaligining profilaktikasi va chetdan  kirib  kelishini oldini  olish  chora-tadbirlari bo’yicha  muntazam ravishda  sanitariya-targ’ibot ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

       Bezgak kasalligi holatlarini aniqlash davolash profilaktika,  bolalar,  o’smirlar, sog’lomlashtirish muassasalaridagi tibbiyot xodimlarini  asosiy burchi hisoblanadi. Bezgak  o’tkir  yuqumli kasallik bolib, anopheles chivini orqali  yuqishi, qaltirash, tana haroratini kotarilishi, taloq  va jigar kattalashishi  hamda kamqonlik  bilan xarakterlanadi. Virus inson qonida yashab, kopayadi va qizil qon tanachalarida  joylashib, ularni parchalaydi hamda qon ishlab chiqarish, asab, yurak qon-tomir  va organizmning boshqa  tizimlarini ishdan chiqaradi.Ba’zan kasallik  shunchalik ogir kechadiki, agar davolash oz vaqtida  boshlanmasa bemor bir necha kundan song asosan  tropic bezgakdan  vafot etadi. Harorat kotarilganda  yoki bezgakning boshqa belgilari  namoyon bolganda, albatta  tibbiy yordamga murojaat  qilish kerak. Agar fuqaro  oxirgi 3 yil  davomida  Markaziy  va Janubiy–Sharqiy  Osiyo, Afrika  va Lotin Amerikasi mamlakatlari hamda  Tojikiston Respublikasiga borib kelgan bolsa  bezgak kasalligi bilan zararlanish  xavfi yuqoriligini hisobga olgan holda, har qanday darmonsizlik  kuzatilsa, tibbiyot muassasalariga murojaat qilgan holda barmoqdan  qon topshirishi lozim boladi. Kasallik tosatdan boshlanadi: bemorni isitma tutib qaltiraydi, harorat (41-41.5 C) kotariladi,  qizarish, nafas olishga qiyinlashish,  halloslash, qattiq bosh ogrigi kuzatiladi. Isitma bir necha soat tutadi. Songra harorati  tez pasayib, ba’zan  bir maromga tushadi. Shu payt bemor  qattiq  terlaydi,  ertasiga ozini soglom his etadi. Keyin yana isitma tutadi,  uch kunlik bezgakda-ikki kunda bir marta,  tort kunlik bezgakda – har uch kunda bir marta,  tropik bezgak kasalligida -  kopincha kun sayin  isitma tutib turadi. Bezgakka davolanmay  qolib,  kasallik uzoq davom etganda bemorda quvvatsizlik paydo boladi,  mehnat qobilyatini susaytiradi,  bolalar osish va rivojlanishdan orqada qoladi. Bemor oz vaqtida davolanmasa yoki toliq davolanish kurslarini olmasa boshqa kasalliklar ham qoshilishi mumkin. Bemor barvaqt davolansa,  sogligiga putur yetmaydi,  undan atrofdagi kishilarga  kasallik yuqish ehtimoli yoqoladi.  

       Darhaqiqat, Uchquduq tumanda  bezgak kasalligini oldini  olish  maqsadida  tumanda joylashgan umumta’lim maktablarida, aholi ortasida va tashkilotlarda sanitariya-targibot tadbirlari otkazilmoqda. Jumladan  chivinlarni yashash xonadonlariga uchib kirishlarini oldini olish, buning uchun xonadonlar  deraza oynalariga  doka tor va setka tutilishi, pashshaxonalardan foydalanish, shuningdek sanitariya gigiyenik  talablarga rioya etilishi kerakligi, bezgak kasalligi epidemic vaziyat noxush hududlardan kelgan fuqarolar bezgak kasalligiga qon topshirish kerakligi  takidlanmoqda.

 

 

 Uchquduq tuman Sanitariya va epidemiologik

 osoyishtalik va jamoat salomatligi bo’lim parazitologiya bo’limi va laboratoriyasi

oliy ma’lumotli entomologi:   Nazarova Gulshoda Azamat qizi

O'qilgan: 3180 bora O'zgartirish kiritilgan san'a 16 Feb 2021

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: