Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun qidiruvga berilgan 56 nafar O‘zbekiston fuqarosi 21-dekabr kuni Rossiyaning Novosibirsk aeroportidan maxsus reys bilan vatanga olib kelindi. Bu haqda Rossiya Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Ekstraditsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolari orasida o‘ldirishga urinish, talonchilik, o‘g‘rilik va boshqa jinoyatlar uchun ayblanganlar bor.
Bundan tashqari, Rossiya O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar sudining bir guruh shaxslar tomonidan giyohvand moddalarni noqonuniy sotishga uringani uchun chiqargan hukmini ijro etish uchun fuqaroni ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi so‘rovini qondirgan.