LOTIN-КИРИЛЛ

“Zamin” fondi ko‘magida 2020-yilda eshitish qobiliyatini yo‘qotganlarga implantlarni o‘rnatish bo‘yicha 36 ta operatsiya amalga oshirildi

“Zamin” fondi ko‘magida 2020-yilda eshitish qobiliyatini yo‘qotganlarga koxlear va suyak implantlarini o‘rnatish bo‘yicha 36 ta jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga jamg’arma tomonidan ma’lum qilindi.

Foto: “Zamin” fondi

Qayd etilishicha, 2020-yilning 1-iyunida “Zamin” fondi eshitish qobiliyati zaif va kar bolalar ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun koxlear implantlarni o‘rnatish bo‘yicha har yili 30 ta jarrohlik amaliyotini o‘tkazishni nazarda tutuvchi dastur ishga tushirilgani e’lon qilgan. Dastur doirasida iyun—noyabr oylarida Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning 200 nafar o‘quvchisida kompleks tashxis ko‘rigi o‘tkazildi.

Fond tomonidan ma’lum qilinishicha, kompleks tashxis ko‘rigining natijalari asosida 2020-yilning sentabr oyidan noyabr oyigacha 23 nafar bola uchun tibbiyot fanlari doktori, professor, Vladislav Yevgenyevich Kuzovkov ishtirokida jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. 19—20-dekabr kunlari qolgan 13 ta jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi. Jami 36 ta jarrohlik amaliyotidan 33 tasi koxlear implantatsiya, 3 tasi esa suyak o‘tkazuvchanligini ta’minlab beruvchi implantlarni o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirildi.

Foto: “Zamin” fondi

Shuningdek, dastur implantlarning keyingi bosqich sozlanishi hamda bolalarning logopedlar va surdopedagoglar bilan shug‘ullanishini nazarda tutuvchi dastlabki reabilitatsiya bosqichini ham o‘z ichiga oladi. Mazkur yo‘nalishda xalqaro mutaxassislar ishtirokida shifokorlar va ota-onalar uchun onlayn ma’ruza va seminarlar o‘tkazildi.

 

2020-yilning 18-dekabr kuni “Zamin” fondi vasiylik kengashining raisi Ziroat Mirziyoyeva dasturda ishtirok etayotgan 36 nafar bola, ularning ota-onalari va shifokorlar bilan uchrashdi. Ishtirokchilar jarrohlik amaliyotining natijalari va taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: “Zamin” fondi

Foto: “Zamin” fondi

Fondning dasturiga ko‘ra, 2021-yilda ham ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilari uchun 30 dan ortiq koxlear implantatsiya jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, eshitish qobiliyati to‘liq yo‘qotilishining eng keng tarqalgan holati ichki quloq chig‘anog‘ining shikastlanishi hisoblanadi. Bugungi kunda bunday tashxis qo‘yilgan insonlarda reabilitatsiya va eshitish qobiliyatini tiklashning yagona usuli koxlear implantatsiya hisoblanadi.

JSSTning tavsiyasiga ko‘ra, ushbu implantlarning mavjudligini ta’minlash, eshitish apparatlari bilan bir qatorda, ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib, eshitish qobiliyatini yo‘qotganlar uchun katta ahamiyatga ega.

Koxlear implant — eshitish qobiliyatini yo‘qotganlar uchun atrofdagi tovush va nutqni eshitish imkonini beruvchi elektron qurilma. U ikki qismdan iborat: ichki qism jarroh tarafidan kar bemorning quloq ichiga o‘rnatiladi, protsessordan iborat tashqi qism esa bemorning qulog‘iga va/yoki boshiga joylashtiriladi. Bu qurilma tovush, nutqni qabul qilib oladi va ularni bosh terisi orqali eshitish nerviga ta’sir etuvchi ichki qismga uzatadi.

Bundan tashqari, eshitish qobiliyatining konduktiv va aralash buzilishi holatida, ya’ni tovush tashqi quloqdan tabiiy ravishda ichki quloqqa o‘ta olmasa, suyak o‘tkazuvchanligini ta’minlab beruvchi implantlardan foydalaniladi.

O'qilgan: 699 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: