LOTIN-КИРИЛЛ

FAO O‘zbekistonda qishloq ayollari huquqlarini kengaytirish uchun 100 ming dollar yo‘naltiradi

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) O‘zbekistonda “Inklyuziv qishloq xo‘jaligi siyosatini amalga oshirishda ko‘maklashish” loyihasini ishga tushirmoqda. Bu haqda FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Umumiy qiymati 100 ming dollar bo‘lgan loyihani 2022-yilning oxirigacha amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Dasturning asosiy vazifasi — inklyuziv qishloq xo‘jaligini amalga oshirish hamda ayollarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish asosida qishloq hududlarida hayot sharoitlarini yaxshilash.

“Qishloq xo‘jaligida gender tafovutini bartaraf etish qishloq xo‘jaligi sohasi va jamiyatga sezilarli foyda keltiradi. Gender notengligi jinslar rollari haqidagi stereotiplarga bog‘langan, bu esa ayollarning qishloq xo‘jaligidagi muhim hissasini kamaytirib ko‘rsatadi. Qishloq ayollariga investitsiya — bu kambag‘allikni bartaraf etish va barcha uchun oziq-ovqat xavfsizligiga erishish uchun muhim bo‘lgan o‘zgarishlar omiliga investitsiya”, — deya ta’kidlagan FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi loyihalari koordinatori Sherzod Umarov.

Mazkur loyihaning amalga oshirilishi FAOning O‘zbekistondagi gender harakatlar rejasi tomonidan muvofiqlashtiriladi.

O'qilgan: 695 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: