LOTIN-КИРИЛЛ

O‘zbekiston Jinoyat kodeksidan tuhmat va haqorat qilganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi olib tashlanishi kutilmoqda

Qonunchalik palatasi majlisida Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasi ko‘rib chiqiladi, deya xabar qilmoqda deputat Rasul Kusherbayev o‘z Telegram kanalida.

Qonun loyihasiga ko‘ra, Jinoyat kodeksidan tuhmat va haqorat qilganlik uchun mavjud bo‘lgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi bekor qilinib, o‘rniga jarima yoki majburiy jamoat ishi jazosi qo‘shilmoqda.

Shuningdek, qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga va Jinoyat kodeksiga yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. Pornografik mahsulotlarni tarqatish va shafqatsizlikni targ‘ib qilganlik uchun ham jarima miqdorlari oshirilmoqda.

Qayd etilishicha, qonun loyihasi deputatlar tashabbusi bilan kiritilgan. Qonun loyihasi Senatga yuborilgan.

Avvalroq O‘zbekiston Konstitutsiyasiga qanday o‘zgartirishlar kiritilishi ma’lum bo‘lgani, Rasul Kusherbayev “snos”lar bilan bog‘liq muammolarni yechish uchun moratoriy e’lon qilishni taklif etgani hamda Komil Allamjonov AOKA va Adliya vazirligini OAV vakillari huquqlarini mustahkamlashga qaratilgan takliflar ishlab chiqishga chaqirgani haqida xabar berilgandi.

O'qilgan: 697 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: