LOTIN-КИРИЛЛ

“Qo‘li qon, kimningdir qotili bo‘lmasa, albatta, qaytadi”. Diniy qo‘mita vakili Suriyadan olib kelinadigan o‘zbek erkaklari masalasida ma’lumot berdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning nazorati ostida 8-dekabr kuni “Mehr” operatsiyasining navbatdagi bosqichi amalga oshirilgani haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, Suriyaning jangovar harakatlari olib borilayotgan hududlaridan 98 nafar o‘zbekistonlik, ya’ni 25 nafar ayol va 73 nafar bola vatanga qaytarildi.

Bu operatsiyasi bo‘yicha ayollar va bolalardan tashqari erkaklarni qaytarilishi ham rejalashtirilganmi, degan savolga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilov javob berdi.

“Ushbu operatsiya davomida birinchi navbatda eng muhtoj bo‘lgan bolalar va ayollar olib kelinyapti.

Erkaklar masalasida o‘rganish kerak bo‘lgan jihatlar bor. Agarki, qo‘li qon bo‘lmasa, kimningdir qotili bo‘lmasa, vaqti kelib, Vatanga, albatta, qaytadi”, – dedi Muzaffar Komilov.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston rahbariyati “Mehr” insonparvarlik operatsiyasini ilk bor 2019-yil may oyi oxirida amalga oshirgan, o‘shanda 156 nafar o‘zbekistonlik, asosan ayollar va bolalar Uzbekistan Airways’ning Suriya poytaxti Damashqdan amalga oshirilgan maxsus reysi bilan O‘zbekistonga olib kelingan edi.

Keyinchalik ushbu operatsiya davomida O‘zbekiston tomoni ma’lum bir qiyinchiliklarga duch kelgani ayon bo‘lgan edi. Xususan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir davlat Suriyadan vatandoshlarni olib qaytish uchun O‘zbekiston samolyotini urib tushirish bilan tahdid qilganini ma’lum qilgan edi.

2019-yilning oktabr oyida esa Yaqin Sharqdagi mojarolar hududidan o‘zbekistonliklarni qaytarish bo‘yicha ikkinchi maxsus operatsiya amalga oshirilgan.

O'qilgan: 719 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: