Moliya vazirligi “Fuqarolar uchun budjet 2021” loyihasini taqdim etdi. Unda O‘zbekistondagi 20 nafar eng yirik soliq to‘lovchi keltirilgan. Ushbu kompaniyalar 2021-yilda davlat budjeti tushumlarining 47,3 foizini ta’minlashi kutilmoqda.
- “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” — 6,4 foiz;
- “O‘zbekneftgaz” AJ — 5,1 foiz;
- “O‘ztransgaz” AJ — 3,3 foiz;
- Lukoil overseas supplying and trading DK — 3,1 foiz;
- “O‘zbekenergo” AJ — 2,3 foiz;
- “O‘zBAT” AJ — 1,7 foiz;
- UzAuto Motors AJ — 1,5 foiz;
- Unitel (Beeline) QK MChJ — 0,5 foiz;
- Coscom (Ucell) QK MChJ — 0,5 foiz;
- “O‘zbektelekom” AJ — 0,5 foiz;
- “Qizilqumsement” AJ — 0,5 foiz;
- Uz-Kor Gas Chemical MChJ — 0,4 foiz;
- Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi MChJ — 0,3 foiz;
- “Toshkentvino” kombinati — 0,3 foiz;
- “O‘zbekiston temir yo‘llari” — 0,2 foiz;
- Tashkent Tobacco MChJ— 0,2 foiz;
- Universal mobile sistem (Mobiuz) — 0,2 foiz;
- “Ohangaronsement” AJ — 0,1 foiz;
Loyihada qayd etilishicha, davlat budjeti daromadlari ko‘p jihatdan yirik soliq to‘lovchilar turkumiga kiruvchi korxonalardagi iqtisodiy holatga bog‘liq bo‘ladi. Boshqa daromadlar — asosan davlat ulushi bo‘yicha hisoblangan dividendlar, davlat bojlari, yig‘imlar va jarimalar hisobidan shakllanadi.
2019-yildan farqli ravishda ro‘yxatda Coca-Cola, “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi”, “Muborakneftgaz”, “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” va boshqa yirik kompaniyalar yo‘q.